Jahon

Xomanaiy vafotidan so‘ng minglab eronliklar ko‘chaga chiqdi

Tehronning Inqilob maydonida odamlar marhum rahnamo uchun motam tutmoqda.

Xomanaiy vafotidan so‘ng minglab eronliklar ko‘chaga chiqdi

Oyatulloh Ali Xomanaiy vafot etgani haqidagi xabarlar ortidan Eronda ikki xil munosabat kuzatilmoqda. Minglab odamlar uni xotirlash uchun Tehron ko‘chalariga chiqqan. Davlatga yaqin manbalar va ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda ayrim ziyoratgohlar, jumladan Imom Husayn ziyoratgohi atrofida odamlar motam tutayotgani aks etgan.

 

Tehronning Inqilob maydonidagi odamlar AQSH va Isroil hujumlarida halok bo‘lgan Oyatulloh Xamanaiy uchun motam tutmoqda. Isfahonda esa o‘n minglab motamdorlar to‘planmoqda.

 

Kadrlarda to‘planganlar marhum oliy rahbar uchun duo qilayotgani, ayrim joylarda esa “Amerikaga o‘lim” va “Isroilga o‘lim” deya shiorlar yangrayotgani ko‘rinadi. Bu holat Erondagi siyosiy va jamoatchilik kayfiyatining keskinlashganini ko‘rsatmoqda.

 

Shu bilan birga, The New York Times nashrining yozishicha, tunda Tehron va boshqa ayrim shaharlarda katta guruhlar ko‘chalarga chiqib, Homanaiyning halokati haqidagi xabarni nishonlagan. Nashr bu holatni jamiyat ichidagi qarashlar turlicha ekanining ifodasi sifatida baholagan.

 

Eron rasmiylari Oyatulloh Ali Homanaiyning o‘limi uchun qasos olinishi haqida ogohlantirdi. Hukumat va Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi tarqatgan bayonotlarda aybdorlar jazosiz qolmasligi taʼkidlandi.

 

Eron hukumati bayonotida “to‘liq kuch va qatʼiyat bilan bu jinoyatning aybdorlari va tashkilotchilarini qilgan ishlaridan pushaymon qilamiz”, deyilgan. Rasmiy Tehron ushbu hodisani og‘ir jinoyat sifatida baholab, tegishli choralar ko‘rilishini maʼlum qildi.

 

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.