Jahon

AQSh bilan hech qanday muzokara olib borilmaydi — Eron

Tehron AQSh bilan muzokaralar o‘tkazish ehtimolini qat’iyan rad etdi va vositachilar orqali aloqalar haqidagi xabarlarni asossiz deb atadi.

AQSh bilan hech qanday muzokara olib borilmaydi — Eron

Eron rasmiylari AQSh bilan muzokaralar olib borish ehtimolini qat’iyan rad etdi. Bu haqda Eron Oliy milliy xavfsizlik kengashi kotibi Ali Larijoniy ma’lum qilgan.

 

Uning ta’kidlashicha, Tehron Vashington bilan hech qanday muzokaralar olib borish niyatida emas. Siyosatchi bu haqda o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida bayonot berib, vositachilar orqali mumkin bo‘lgan diplomatik aloqalar haqidagi xabarlarni “noto‘g‘ri va uzoqni ko‘ra bilmaydigan” deb atagan.

 

“Biz Amerika bilan hech qanday muzokaralar olib bormaymiz”, — deya yozgan Larijoniy.

 

U shuningdek, Donald Tramp siyosatini tanqid qilib, uning qarorlari Yaqin Sharqdagi vaziyatni yanada keskinlashtirganini ta’kidladi. Larijoniyga ko‘ra, “Amerika birinchi o‘rinda” shiori amalda “Isroil birinchi o‘rinda” tamoyiliga aylangan va amerikalik harbiylar mintaqadagi mojarolarning qurboniga aylanmoqda.

 

Mazkur bayonot The Wall Street Journal nashrida e’lon qilingan xabarlarga javoban bildirilgan.

 

Nashrda Larijoniy go‘yoki Ummon orqali Eron yadroviy masalasi yuzasidan AQSh bilan diplomatik maslahatlashuvlarni qayta boshlash tashabbusini ilgari surgani haqida yozilgan edi. Biroq eronlik siyosatchi bu ma’lumotlarni qat’iyan rad etdi.

 

Avvalroq esa AQSh prezidenti Donald Tramp Tehron Vashington bilan muzokaralar olib borishga tayyor ekanini bildirganini ma’lum qilgan edi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

AQSh bilan hech qanday muzokara olib borilmaydi — Eron | Zamon.uz