O'zbekiston

Doha aeroportida qolib ketgan o‘zbekistonliklarga yordam ko‘rsatilayotgani ma’lum qilindi

28-fevral kuni Qatar havo hududining vaqtincha yopilgani tufayli Toshkentga qaytayotgan 48 nafar O‘zbekiston fuqarosi aeroportda qolib ketgan.

Doha aeroportida qolib ketgan o‘zbekistonliklarga yordam ko‘rsatilayotgani ma’lum qilindi

O‘zbekistonning Dohadagi elchixonasi ma’lum qilishicha, Yaqin Sharqdagi notinchlik fonida Qatarda bo‘lib turgan 600 ga yaqin O‘zbekiston fuqarosi orasida jabrlanganlar aniqlanmagan. 

 

“Dunyo” axborot agentligi xabariga ko‘ra, 28-fevral kuni Qatar havo hududining vaqtincha yopilishi oqibatida Toshkentga qaytayotgan 48 nafar o‘zbekistonlik Doha aeroportida qolib ketgan. 

 

Aviakompaniyalar favqulodda vaziyat sabab yo‘lovchilarni mehmonxona bilan ta’minlay olmagan. Elchixona xodimlari zudlik bilan aeroportga yetib borib, holatni o‘rgangan. Muzokaralar natijasida fuqarolar, jumladan, ijtimoiy tarmoqlar orqali yordam so‘ragan vatandoshlar vaqtinchalik mehmonxonalarga joylashtirilgan.

 

"Qatar havo hududi ochilib, parvozlar tiklanishi bilan fuqarolarimizning Vatanga xavfsiz qaytishi ta’minlanadi. Vaziyat elchixonaning doimiy nazoratida bo‘lib, yo‘lovchilar ro‘yxati muntazam yangilab borilmoqda", deyiladi xabarda.

 

Diplomatik vakolatxona yurtdoshlarimizni vahimaga tushmaslikka, faqat rasmiy manbalarga tayanishga hamda xavfsizlik yuzasidan odamlar gavjum joylardan saqlanib, mahalliy qonun-qoidalarga amal qilishga chaqiradi.

 

Fuqarolar murojaatlari yuzasidan elchixona konsuli Otabek Muratov bilan bog‘lanish mumkin: +974 5141 1001.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.