Jahon

Erondagi operatsiya 4 hafta davom etishi mumkin — Donald Tramp

AQSh prezidenti Eron bilan bo‘layotgan urushning ehtimoliy jadvalini e'lon qildi.

Erondagi operatsiya 4 hafta davom etishi mumkin — Donald Tramp

Oq uy rahbari Daily Mail’ga bergan intervyusida Eron bilan mojarolar 4 hafta davom etishi mumkinligini, barchasi reja bo‘yicha ketayotganini ma’lum qildi. Trampning aytishicha Eron rahbariyatining barcha a'zolari yo‘q qilingan. 

Amerika yetakchisi Eron bilan keyingi muzokaralar o‘tkazilishini ma’qullashini, ammo ular qachon o‘tkazilishi aniq emasligini bildirdi.

“Eron muzokara o‘tkazilishini xohlayapti, lekin ular bu haqida o‘tgan hafta o‘ylashi kerak edi”, — deya ta’kidladi Tramp.

Shuningdek, Tramp 1-mart kungi Amerika xalqiga qilgan murojaatida halok bo‘lgan uch nafar amerikalik askar uchun “qasos olish” aytib, Tehronga nisbatan yangi ultimatum qo‘ydi va AQSHni uning “erkinlik” uchun kurashini qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi. 

Xabarda qayd etilishicha, bu  oxirgi 48 soat ichida millatga qilingan ikkinchi murojaat hisoblanadi.

Bundan oldin, 1-martda, Oq uy rahbari The Atlantic nashriga bergan intervyusida Eron hukumatini tez qaror qabul qilmaganlikda aybladi. 

Isroil va Qo‘shma Shtatlar 28 fevral tongida Tehron va Eronning boshqa hududlariga zarbalar berdi. Buni Donald Tramp Islom Respublikasining yadroviy dasturini yo‘q qilmoqchiligi bilan izohladi. U Eron armiyasini qurolni tashlashga, mamlakat aholisini esa “taqdirini o‘z qo‘liga olish”ga chaqirdi.

Eron javoban Isroil hududiga va Yaqin Sharqdagi boshqa mamlakatlarga zarbalar yo‘lladi. AQSH Qurolli kuchlarining Markaziy qo‘mondonligi 28 fevral kuni Eron zarbalari natijasida Yaqin Sharqdagi Amerika obyektlariga yetkazilgan zarar “minimal” ekani va “operatsiyalarga ta’sir qilmagani”ni bildirgan edi. 

Biroq 1-mart kuni u mazkur zarbalar oqibatida AQSHning uch nafar harbiysi halok bo‘lgani, besh nafar harbiy esa og‘ir yaralangani haqida e’lon qilindi.

Isroil-AQSH harbiy operatsiyasining ikkinchi kunida Eron rahbariyati zarbalar natijasida mamlakatning oliy rahbari Ali Xominaiy hamda bir qator yuqori lavozimli kuch tuzilmalari vakillari, jumladan mudofaa vaziri Aziz Nosirzoda va Islom inqilobi muhofizlari korpusi qo‘mondoni Muhammad Pakpur halok bo‘lganini tasdiqladi.

 

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Erondagi operatsiya 4 hafta davom etishi mumkin — Donald Tramp | Zamon.uz