Jahon

Isroil armiyasi Netanyaxu ofisiga hujum haqidagi da’volarni rad etdi

IDFning ta'kidlashicha, IRGC ko'pincha yolg'on ma'lumotlar tarqatadi.

Isroil armiyasi Netanyaxu ofisiga hujum haqidagi da’volarni rad etdi

Isroil mudofaa kuchlari (IDF) Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IRGC) tomonidan Benyamin Netanyaxu ofisiga hujum uyushtirilgani haqidagi da’volarni rad etdi. Bu haqda RBK xabar berdi.

 

IDFning rus tilidagi rasmiy vakili Anna Ukolovaning ta’kidlashicha, IRGC tomonidan tarqatilayotgan ko‘plab xabarlar va real vaziyat o‘rtasida ko‘pincha hech qanday bog‘liqlik bo‘lmaydi.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, IRGC haqiqatga mos kelmaydigan ma’lumotlarni tarqatishi hamda bunday xabarlarni ommaviy axborot vositalari orqali yoyishi bilan tanilgan.

 

Shu bilan birga, IDF Eron hududidan raketa uchirilgani aniqlanganini tasdiqladi. Shundan so‘ng Isroilning ayrim hududlarida havo hujumi sirenalari ishga tushirilgan va raketalarni tutib qolish tizimlari faollashtirilgan.

 

Hozircha ushbu hujum oqibatida jiddiy talafotlar yoki katta zarar qayd etilmagani bildirilmoqda.

 

Biroq The Times of Israel xabariga ko‘ra, raketalardan biri Isroil janubidagi Be’er Sheva shahriga qulagan. Portlash to‘lqini yaqin atrofdagi turar-joy binolariga zarar yetkazgan va 10 kishi jarohat olgan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Isroil armiyasi Netanyaxu ofisiga hujum haqidagi da’volarni rad etdi | Zamon.uz