O'zbekiston

O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi fuqarolarni mamlakatni vaqtincha tark etishga chaqirdi

Isroilni tark etish uchun Isroil-Misr chegarasida tun-u kun ishlaydigan “Begin” punktidan foydalanish tavsiya qilinmoqda.

O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi fuqarolarni mamlakatni vaqtincha tark etishga chaqirdi

“Dunyo” axborot agentligining xabar berishicha, Yaqin Sharq mintaqasidagi vaziyatning keskinlashuvi ortidan O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi fuqarolarni mamlakatni tark etishga chaqirdi.

 

 

Vatandoshlarga hushyorlikni saqlash, Isroil hukumati tomonidan belgilangan xavfsizlik choralariga qat’iy rioya qilish va imkon qadar keyingi ko‘rsatmalar olingunga qadar maxsus jihozlangan xavfsiz hududlarda bo‘lish hamda vakolatxona rasmiy ko‘rsatmalarga diqqat bilan amal qilish, zaruratsiz ko‘chaga chiqishni cheklash va xotirjamlikni saqlash tavsiya qilindi.

 

 

Shuningdek, fuqarolarga vaziyat barqarorlashgunga qadar Isroil hududini vaqtincha tark etish tavsiya qilingan. Elchixona Isroil-Misr chegarasida "Begin" chegara o‘tish punkti tun-u kun ishlashini, shu bilan birga, O‘zbekiston fuqarolarining Sinay yarimoroliga kirishi uchun viza talab qilinmasligini eslatib o‘tdi.

 

 

“Chegaradan o‘tishni tezlashtirish maqsadida chegara bojlarini oldindan onlayn tarzda to‘lash tavsiya etiladi. Boshqa quruqlikdagi o‘tish punktlaridan foydalanish tavsiya etilmaydi, ularning ish vaqti o‘zgarishi mumkinligi sababli, sayohatni rejalashtirishdan oldin dolzarb ma’lumotlarni aniqlashtirish zarur”, deyiladi xabarda.

 

 

Elchixona fuqarolaridan O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi va xorijdagi diplomatik vakolatxonalarning rasmiy manbalaridagi yangiliklarni muntazam kuzatib borishga hamda Isroil xizmatlarining ogohlantirishlari va tavsiyalarini inobatga olishni so‘radi.

 

 

Bayonotda qayd etilishicha, favqulodda vaziyatlarda vatandoshlar quyidagi telefon raqamlar va pochta manziliga murojaat qilishlari mumkin:

 

 

  • telefon raqamlari: 03−672−2466, 03−672−2371, 03−758−5075, 03−758−5076, +972 54 485 1397;

  • elektron pochta: il.uzembassy@mfa.uz.

 

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi fuqarolarni mamlakatni vaqtincha tark etishga chaqirdi | Zamon.uz