O'zbekiston

Erondagi oʻzbekistonliklar Turkmaniston orqali evakuatsiya qilinadi

Asosiy yig‘ilish joyi Serahs shahri bo‘lib, diplomatik missiya xodimlari fuqarolarni kutib olib, xavfsiz tashishni ta’minlaydi.

Erondagi oʻzbekistonliklar Turkmaniston orqali evakuatsiya qilinadi

Tashqi ishlar vazirligi Turkmaniston orqali Erondan qaytayotgan vatandoshlarga yordam berish operatsiyasini boshladi. Ushbu operatsiya doirasida O‘zbekistonning Ashxoboddagi elchixonasi Turkmaniston rasmiylari va Tehrondagi hamkasblari bilan hamkorlikni kuchaytirib, barcha jarayonlarni muvofiqlashtirmoqda. Bu haqda Dunyo axborot agentligi xabar berdi.

 

Evakuatsiya jarayoni Turkmaniston-Eron chegarasidagi Serahs shahrida tashkil etilgan bo‘lib, aynan shu yerda diplomatlar fuqarolarni kutib oladi va ularni xavfsiz tarzda O‘zbekistonga yetkazadi. Elchixona mashinalari va xodimlari allaqachon safarbar qilingan.

 

Yordamga muhtoj O‘zbekiston fuqarolari va ularning yaqinlari quyidagi Turkmanistondagi mas’ul shaxslar bilan bevosita bog‘lanishlari mumkin:

 

+993 64 78-04-44 — Jasur Ashurov

 

+993 64 99-34-58 — Jamshid Bo‘riyev

 

+993 62 20-49-56 — Jasur Axmedov (konsul)

 

Diplomatlar tranzitning iloji boricha tez va xavfsiz amalga oshirilishini ta’minlash uchun chegaradan o‘tish jarayonini muvofiqlashtiradilar.

 

Avvalroq Prezident Shavkat Mirziyoyev Bosh vazir Abdulla Aripovga Fors ko‘rfazi davlatlarida istiqomat qilayotgan O‘zbekiston fuqarolarining xavfsiz vatanga qaytarilishini ta’minlash topshirig‘ini bergan edi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev va Qasim-Jomart Toqayev Buxorodagi “Nigora” toʻqimachilik korxonasiga tashrif buyurdi

Bu yerda 840 nafar xodim ish bilan taʼminlangan bo'lib, ularning aksariyatini ayollar tashkil etadi.

custom img

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida Xattotlik maktabi tashkil etildi

Xattotlik maktabi nafaqat ta’lim muassasasi, balki ilmiy-tadqiqot va madaniy markaz sifatida faoliyat yuritadi.

custom img

Xonandalar uchun yangi soliq tizimi: jamoatchilik muhokamasi yakunlandi

Muhokama jarayonida loyiha yuzasidan 130 ta taklif va mulohaza kelib tushgan.

custom img

Toshkentda xodimlariga daydi topishni buyurgan IIB amaldori ishdan bo‘shatildi

U daydi topolmagan xodimlarga qarindoshi yoki o‘zini “daydi” sifatida rasmiylashtirish bo‘yicha topshiriq bergan edi.

custom img

“Media haftalik”ning yana bir bosqichi Xorazmda yakunlandi

Dastur davomida ishtirokchilar media sohasiga oid nazariy bilimlar bilan birga amaliy ko‘nikmalarni ham egalladi.

custom img

2026–2027 o‘quv yili uchun 1-sinfga qabul tartibi tasdiqlandi

Qabul jarayonlari onlayn platformalar orqali bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.

custom img

Navoiyda noqonuniy oltin qazib olgan shaxslar qo‘lga olindi

Katta miqdordagi oltin saqlovchi rudalar va maxsus uskunalar ashyoviy dalil sifatida olindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxorodagi aeroport loyihasi bilan tanishdi

Yangi aeroport va unga tutash infratuzilma uchun shahar tashqarisidan 370 gektar yer maydoni ajratilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"