O'zbekiston

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston fuqarolarini Fors ko‘rfazi davlatlaridan evakuatsiya qilishni buyurdi

Jidda—Toshkent yo‘nalishida repatriatsiya reyslarini tashkil etishga alohida e’tibor qaratish vazifasi yuklatildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston fuqarolarini Fors ko‘rfazi davlatlaridan evakuatsiya qilishni buyurdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Fors ko‘rfazi mamlakatlarida bo‘lib turgan yurtdoshlarni vatanga qaytarishni samarali tashkil etish yuzasidan bosh vazir Abdulla Aripovga topshiriq berdi.

 

2-mart kuni Vazirlar Mahkamasida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida topshiriq ijrosini ta’minlash masalalari muhokama qilindi. Yig‘ilishda fuqarolarni xavfsiz va tizimli ravishda O‘zbekistonga olib kelish bo‘yicha zarur choralar va aniq vazifalar belgilab olindi.

 

Xususan, mamlakatdagi barcha aviakompaniyalarga Fors ko‘rfazi davlatlarida bo‘lib turgan yurtdoshlarni repatriatsiya qilish choralarini ko‘rish topshirildi.

 

Ayniqsa, Jidda—Toshkent yo‘nalishida reyslarni tashkil etishga alohida e’tibor qaratish vazifasi yuklatildi.

 

Yig‘ilishda shuningdek, tegishli vazirlik va idoralar rahbarlariga Fors ko‘rfazi davlatlari bilan amaldagi kelishuvlarning ijro holatini tahlil qilish va eksport-import operatsiyalari uchun muqobil yo‘nalishlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha topshiriqlar berildi. Zarur choralar vaziyatga mos ravishda tezkorlik bilan amalga oshiriladi.

 

Avvalroq O‘zbekistonning Kuvayt elchixonasi o‘z fuqarolariga xavfsizlik talablariga qat’iy rioya qilishni tavsiya qilgan edi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.