Jahon

"Qozog‘iston arab davlatlariga zarur bo‘lgan har qanday yordamni ko‘rsatishga tayyor" — To‘qayev

Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev AQSH, Isroil va Eron urushi jarayonida Bahrayn, Quvayt, Qatar, Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklari rahbarlariga shaxsiy murojaat yo‘lladi.

"Qozog‘iston arab davlatlariga zarur bo‘lgan har qanday yordamni ko‘rsatishga tayyor" — To‘qayev

The Astana Times'ning xabar berishicha, Qozog‘iston Prezidenti Bahrayn, Quvayt, Qatar, Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklari rahbarlariga shaxsiy murojaat yo‘llab, ushbu davlatlar xalqlarini murakkab sinovlar davrida samimiy qo‘llab-quvvatlab, birdamlik izhor qildi.

 

Prezident matbuot kotibi Aybek Smadiyarov 1-mart kuni To‘qayev Qozog‘istonga do‘st va qardosh bo‘lgan davlatlarning suvereniteti hamda xavfsizligiga putur yetkazishga qaratilgan har qanday harbiy harakatlarni keskin qoralaganini ma’lum qilgan edi.

 

Shuningdek, Prezident To‘qayev arab davlatlariga zarur bo‘lgan har qanday yordamni ko‘rsatishga tayyor ekanini tasdiqlab ularning rahbarlari bilan faol amaliy aloqalarni saqlab qolishiga umid bildirdi.

 

28-fevral kuni To‘qayev Eron atrofidagi keskinlik kuchayib borayotgani va mintaqaviy beqarorlik mamlakatga ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi fonida Qozog‘iston Xavfsizlik kengashi hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga favqulodda choralar rejasini ishlab chiqishni topshirdi.

 

Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi esa Yaqin Sharqdagi vaziyat yomonlashgani sababli mamlakatning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari uchun favqulodda aloqa raqamlari va "ishonch telefonlari” ro‘yxatini e’lon qildi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.