O'zbekiston

Samarqandda hokimlar delegatsiyani “oilaviy safar”ga aylantirgani aniqlandi

Hokimni xotini, oʻgli, haydovchisi va boshqa umuman aloqasi boʻlmagan shaxslar xorijiy xizmat safariga yuborilgan.

Samarqandda hokimlar delegatsiyani “oilaviy safar”ga aylantirgani aniqlandi

Opa-uka jurnalistlar kanalida e’lon qilingan xabar natijasida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Samarqand viloyatidagi mahalliy davlat hokimiyati organlarida xorijiy xizmat safarlari, ularni e’lon qilish tartibi va belgilangan qoidalarga rioya qilinishini yuzasidan tekshiruv o'tkazdi.

 

Tekshiruv jarayonida viloyatning Qo‘shrabot va Kattaqo‘rg‘on tuman hokimliklari mansabdor shaxslarining xizmat safarlarida yaqin qarindoshlarini, jumladan, xotin, o‘g‘il va haydovchisini, shuningdek, safarga bevosita aloqador bo‘lmagan xodimlarni delegatsiya tarkibiga kiritgani aniqlandi.

 

Xususan:

 

Xitoyda Markaziy Osiyo davlatlarining professional fermerlari uchun tashkil etilgan seminarga Qo‘shrabot tuman hokimining haydovchisi M.T. va hokimning o‘g‘li D.D. yuborilgan.

 

Xitoyda tashkil etilgan “Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va qayta ishlashni tashkil etish” bo‘yicha maxsus o‘quv kurslarida Qo‘shrabot tumanidagi sohaga aloqador hokimlik vakillari va fermer xo‘jaliklari rahbarlari taklif etilganligi ko‘rsatilib, 32 nafar shaxsdan iborat delegatsiya tarkibi (ro‘yxat) taqdim etilgan.

 

Biroq, ro‘yxatni o‘rganish davomida ayrim delegatsiya vakillari, jumladan, tuman hokimining turmush o‘rtog‘i M.Sh., hokimlik boshqa mansabdor shaxsining yaqin qarindoshi Ch.H.lar ro‘yxatga asossiz ravishda kiritilganligi ma’lum bo’ldi. Shuningdek, ro’yxatdagi N.X. va M.S.lar Qo‘shrabot tumanidagi 1-son texnikum xodimlari sifatida rasmiylashtirilgan bo‘lib, aslida ular ushbu texnikumda ishlamasligi ma’lum bo‘lgan.

 

Bundan tashqari, tuman (shahar) hokimliklari tomonidan xorijiy xizmat safariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqador bo‘lmagan xodimlarni yuborish holatlari mavjudligi aniqlangan. Kattaqo‘rg‘on tuman hokimligi tomonidan 2025-yil 22–30-may kunlari Xitoyga tashkil etilgan xizmat safarida safarga bevosita aloqador bo‘lmagan xodim ham delegatsiyaga kiritilgan.

 

Tekshiruv shuni ko‘rsatdiki, Kattaqo‘rg‘on va Qo‘shrabot tuman hokimliklari xorijiy xizmat safarlari haqidagi ma’lumotlarni yashirgan, bu Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2021-yil 16-iyundagi PF-6247-son Farmoniga zid hisoblanadi.

 

O‘rganish va tahlillar jarayonida to‘plangan hujjatlar qonuniy chora ko‘rish maqsadida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Samarqandda hokimlar delegatsiyani “oilaviy safar”ga aylantirgani aniqlandi | Zamon.uz