Jahon

Shimoliy Koreya AQSh va Isroilning Eronga hujumlarini qoraladi

KXDR Eronga qarshi harbiy operatsiyalarni noqonuniy tajovuz deb atadi.

Shimoliy Koreya AQSh va Isroilning Eronga hujumlarini qoraladi

Shimoliy Koreya AQSh va Isroilning Eron hududida olib borgan harbiy operatsiyasini keskin qoraladi. Bu haqda Reuters mamlakat Tashqi ishlar vazirligi vakili bayonotiga tayanib xabar berdi.

 

Bayonotda ta’kidlanishicha, AQShning faol qo‘llab-quvvatlovi ostida amalga oshirilgan Isroilning Eronga qarshi harbiy hujumi hamda unga qo‘shilgan AQShning harbiy harakatlari noqonuniy tajovuzkorlik va davlat suverenitetini qo‘pol ravishda buzish sifatida baholangan.

 

“Biz o‘zining xudbin va gegemonlik ambitsiyalariga erishish uchun harbiy kuch ishlatishdan tortinmayotgan AQSh va Isroilning sharmandali hamda bosqinchilik xatti-harakatlarini qat’iy qoralaymiz”, deyiladi bayonotda.

 

ShimoliyKoreya, shuningdek, AQShning bunday siyosati dunyo tinchligi va barqarorligiga jiddiy tahdid solayotganini ta’kidlab, nazorat qilib bo‘lmaydigan “qattiqqo‘l va o‘zboshimcha amaliyotlar” Yaqin Sharqdan tashqarida ham siyosiy, iqtisodiy va geosiyosiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligidan ogohlantirdi.

custom img

Turkiya Isroilning BMTdagi a’zoligini to‘xtatishni taklif qildi

Parlamenti raisi Isroil siyosatini tanqid qilib, xalqaro choralar ko‘rishga chaqirdi.

custom img

Tailandda eng katta “suv jangi”da 191 kishi halok bo‘ldi

Tailandda Songkran festivali vaqtida yo‘l-transport hodisalari keskin oshib, 951 ta YTH qayd etildi.

custom img

Sadir Japarov “layk” sababli qamalgan fuqaroni ozod qilishga ko‘rsatma berdi

Qirg‘iziston Prezidenti Bosh prokurorga holatni o'rganishni topshirdi.

custom img

AQSh va Eron sulhni yana ikki haftaga uzaytirishni ko‘rib chiqmoqda — Bloomberg

Eron ham, AQSh ham harbiy harakatlarni qayta boshlashni istamasligi aytilmoqda.

custom img

Saudiya Arabistoni Haj mavsumida Makkaga kirishga qat’iy cheklovlar qo‘ydi

2026-yil 18-apreldan boshlab Haj vizasiga ega bo‘lmagan barcha viza toifasidagi shaxslarning Makkaga kirishi yoki u yerda qolishi taqiqlanadi.

custom img

Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib, okruglar tashkil qilinadi

Sinov tariqasida bitta okrug tashkil etilib, 2–3 yil davomida sinovdan o‘tkaziladi.

custom img

Yaponiya Osiyo davlatlariga energiya inqirozini yengib o‘tish uchun mablag‘ ajratadi

Bir qator Osiyo davlatlari aholini avtomobillardan birgalikda foydalanishga va konditsionerlarni kamroq ishlatishga chaqirmoqda.

custom img

Turkiyada maktabdagi otishmalarda halok bo‘lganlar soni 9 nafarga yetdi

Jinoyatni targ‘ib qiluvchi materiallarni tarqatgan 83 nafar shaxsga nisbatan qo‘lga olish qarori chiqarildi, 93 ta Telegram guruhi yopildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"