O'zbekiston

Toshkent va Namanganda 33,4 ming dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari musodara qilindi

Tezkor tadbirlar davomida noqonuniy dori savdosi bilan shug‘ullangan bir nechta shaxslar qo‘lga olindi.

Toshkent va Namanganda 33,4 ming dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari musodara qilindi

Davlat xavfsizlik xizmati hamda O‘zbekiston Ichki ishlar organlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida 33,4 ming dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari noqonuniy muomaladan chiqarildi. Bu haqda DXX Zamon.uzga xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, tezkor tadbir davomida Zangiota tumanida yashovchi 1996-yilda tug‘ilgan shaxs hamda uning 1999-yilda tug‘ilgan samarqandlik tanishi Toshkent hududida to‘xtatilib tekshirilgan. Tekshiruv jarayonida ulardan 8400 dona “Regapen” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari aniqlangan.

 

Shuningdek, gumonlanuvchilar vaqtinchalik ombor sifatida foydalanib kelgan Chilonzor tumanidagi xonadonda o‘tkazilgan ko‘zdan kechirish jarayonida 12 600 dona “Regapen”, ishlab chiqaruvchi firmasi aniqlanmagan 10 ming dona turli dori vositalari, dorilarni qadoqlash uchun mo‘ljallangan 500 dona idish hamda qalbaki dorilar qadoqlariga yozuv tushirish uchun ishlatiladigan markerlovchi mini-printer qurilmasi ashyoviy dalil sifatida musodara qilingan.

 

Boshqa bir tezkor tadbirda esa Davlat xavfsizlik xizmati Toshkent shahar boshqarmasi, ichki ishlar va bojxona organlari hamkorligida 1994-yilda tug‘ilgan shaxs 6 dona “Zardeks” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini 600 ming so‘m evaziga sotayotgan vaqtida qo‘lga olingan.

 

Tezkor tadbir davom ettirilib, ushbu dorilarni yetkazib berib kelgan Namanganda yashovchi, 1987-yilda tug‘ilgan va muqaddam sudlangan fuqaro ham poytaxt hududida ushlangan. Uning “Tracker” rusumli avtomashinasidan 12 400 dona “Zardeks” hamda 14 dona “Regapen” dori vositalari protsessual tartibda rasmiylashtirilib olingan.

 

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan gumonlanuvchilarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.