O'zbekiston

Toshkent viloyati prokuraturasi xodimi 9 ming dollar pora bilan qo‘lga olindi

Xodim tadbirkordan 276 million so‘mlik jarimani tanishlari orqali bartaraf qilish hamda unga nisbatan chora ko‘rilmasligini ta’minlash evaziga pul talab qilgan.

Toshkent viloyati prokuraturasi xodimi 9 ming dollar pora bilan qo‘lga olindi

Davlat xavfsizlik xizmatining Zamon.uz ga ma’lum qilishicha, Toshkent viloyati prokuraturasining devonxona noziri O‘rtachirchiq tumanidagi yakka tartibdagi tadbirkorga tegishli savdo do‘konida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganlik holati bo‘yicha aniqlangan 276 million so‘mlik jarimani vakolatli tanishlari orqali bartaraf etib berish va unga nisbatan chora ko‘rilmasligini ta’minlash evaziga 9 ming AQSH dollari so‘ragan.

 

 

Shuningdek, devonxona noziri hozirda Namangan shahridagi oliygohda o‘qiyotganligi bois, talab etilgan pulni shu joyga olib kelib berishni aytagan.Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda nozir 9 ming AQSH dollarini Namangan viloyatida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi. 

 

 

Holat yuzasidan Namangan viloyati prokuraturasi tomonidan ushbu shaxs va boshqalarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi (pora berish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, devonxona noziriga nisbatan "qamoq" ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

 

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Toshkent viloyati prokuraturasi xodimi 9 ming dollar pora bilan qo‘lga olindi | Zamon.uz