O'zbekiston

Toshkentda narkolabiratoriya tashkil qilgan shaxs qo‘lga olindi

Qidiruv davomida 49,9 kg sintetik narkotiklar va 48 litr prekursorlar topildi.

Toshkentda narkolabiratoriya tashkil qilgan shaxs qo‘lga olindi

Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi va Ichki ishlar organlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda 1999-yilda tug‘ilgan shaxs poytaxt hududidagi ko‘p qavatli uylarning yo‘laklariga va boshqa joylarga xorijdan olib kelingan giyohvandlik vositalarini berkitib qo‘yayotganligi aniqlanib, qo‘lga olindi.

 

Holislar ishtirokida shaxsning yonidan va avtomobilidan 15 dona kichik bo‘laklarda “Al’fa PVP” va 24 dona bo‘laklarda “Mefedron” giyohvandlik vositalari topildi.

 

Shuningdek, tezkor tadbir davomida shaxsning yashash xonadonida uyning yerto‘lasida narkolabiratoriya tashkil qilinganligi aniqlanib, jami 2,8 kg giyohvand modda va 11,5 litr prekursorlar, shuningdek laboratoriya uchun zarur asbob-uskuna va boshqa buyumlar dalil sifatida rasmiylashtirildi.

 

Bundan tashqari, shaxsning telefonda mavjud geolokatsiya ma’lumotlari yordamida, ilgari Sirdayo viloyatining Xovos tumanidagi yashirin joydan 49,9 kg sintetik narkotiklar va 48 litr prekursorlar topildi.

 

Hozirda ushbu shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 28, 246-moddasi 2-qismi va 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Toshkentda narkolabiratoriya tashkil qilgan shaxs qo‘lga olindi | Zamon.uz