Jahon

"Eronga qarshi operatsiyani qancha kerak bo‘lsa, shuncha davom ettirishga tayyormiz" — Tramp

Dastlab barcha harakatlarni 3–4 hafta ichida yakunlash rejalashtirilganiga qaramasdan amaliyot muddati cho‘zilishi ham mumkin.

"Eronga qarshi operatsiyani qancha kerak bo‘lsa, shuncha davom ettirishga tayyormiz" — Tramp

Qo‘shma Shtatlar Prezidenti Donald Tramp Eronga qarshi olib borilayotgan harbiy operatsiya kutilganidan uzoqroq davom etishi mumkinligini ma’lum qildi.

 

Tramp operatsiyani qancha kerak bo‘lsa, shuncha davom ettirishga tayyor ekanini ta’kidlab, “bunda hech qanday zerikarli jihat yo‘q”ligini bildirdi. Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, Vashington ushbu harakatlarni Eron tomonidan kelayotgan tahdidlarni bartaraf etish uchun amalga oshirmoqda.

 

Oq uy rahbari Eronning raketa dasturi jadal rivojlanayotganini, hozirgi amaliyot amalga oshirilmaganda yaqin kelajakda Tehron AQSH hududiga yetib bora oladigan raketalarga ega bo‘lishi mumkinligini bildirdi . 

 

Shuningdek, Tramp Eronning yadroviy qurolga ega bo‘lishi AQSH uchun mutlaqo qabul qilib bo‘lmas holat ekanini qayd etdi.

 

Donald Tramp Barak Obama ma’muriyati davrida Eron bilan tuzilgan yadroviy kelishuvdagi ishtirokini to‘xtatish qaroridan faxrlanishini bildirdi hamda Tehronning yadroviy qurolga ega bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslikka va’da berdi.

 

Prezidentning ta’kidlashicha, AQSH Eron flotini yo‘q qilish bo‘yicha harakatlarni amalga oshirmoqda va hozirga qadar o‘nta kema cho‘ktirilgan. Shu bilan birga, u Eronning yadroviy dasturi “to‘liq yo‘q qilingani”ni bildirib, Tehron boshqa hududlarda uni qayta tiklashga urinmasligi kerakligi haqida ogohlantirilganini qo‘shimcha qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Eron bu ogohlantirishlarga qaramay, yadroviy qurol yaratishga intilishdan voz kechmagan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

"Eronga qarshi operatsiyani qancha kerak bo‘lsa, shuncha davom ettirishga tayyormiz" — Tramp | Zamon.uz