Jahon

AQSHning Saudiya Arabistonidagi elchixonasiga dronlar zarba berdi

Donald Tramp elchixonaga qilingan hujum javobsiz qolmasligini bildirdi.

AQSHning Saudiya Arabistonidagi elchixonasiga dronlar zarba berdi

Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyoddagi AQSH elchixonasiga ikkita dron bilan hujum uyushtirilishi oqibatida diplomatik majmua hududida yong‘in chiqib, elchixona binolariga yengil moddiy zarar yetgan. Bu haqida Saudiya Mudofaa vazirligiga tayanib Al Jazeera xabar berdi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, hujumdan so‘ng Ar-Riyodning xorijiy diplomatik vakolatxonalar joylashgan kvartali uzra qora tutun ko‘tarilgan.

 

Manbalar kuchli portlash ovozi eshitilgani va elchixona hududida yong‘in yuzaga kelganini bildirgan. Biroq Saudiya Mudofaa vazirligi va manbalardan biri dron hujumidan keyingi yong‘in kichik ko‘lamli bo‘lganini ta’kidlagan. Hujum paytida elchixona binosi bo‘sh bo‘lgan va jabrlanganlar haqida ma’lumotlar yo‘q.

 

Shuningdek, keyinroq Eronning AQSH–Isroil hujumlariga javob harakatlari doirasida Ko‘rfaz bo‘ylab amalga oshirayotgan zarbalari fonida yana bir nechta dronlar mazkur hududni nishonga olgani haqida xabarlar tarqaldi.

 

AQSH prezidenti Donald Tramp NewsNation nashriga bergan bayonotida elchixonaga qilingan hujum va bir nechta amerikalik harbiy xizmatchilarning halok bo‘lganini AQSH javobsiz qoldirmasligini bildirdi. "Tezda bilib olasizlar", — dedi prezident javobga ishora qilib.

 

Saudiya harbiy doiralariga yaqin manba AFP agentligiga maxfiylik sharti bilan ma’lum qilishicha, havo hujumidan mudofaa tizimlari Ar-Riyod Diplomatik kvartaliga yo‘naltirilgan to‘rtta dronni yo‘q qilgan.

 

Seshanba kuni ertalab AQSH elchixonasi Saudiya Arabistonining Ar-Riyod, Jidda va Daxron shaharlaridagi AQSH fuqarolariga hujumlar fonida xavfsiz joylardan chiqmaslik haqida ogohlantirish e’lon qilib, elchixona hududiga yaqin kelmaslikni so‘radi.

 

Ayni paytda, Eron Bahrayndagi AQSH harbiy bazasiga ham zarba berilganini ma’lum qildi. Bu holat AQSH–Isroil hujumlariga javob sifatida AQSH obyektlari joylashgan Fors ko‘rfazidagi arab davlatlariga bosimni kuchaytirmoqda.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

AQSHning Saudiya Arabistonidagi elchixonasiga dronlar zarba berdi | Zamon.uz