O'zbekiston

Buxoroda terrorizmni moliyalashtirishda ishtirok etgan ota va o'g'il aniqlandi

O‘g‘il Suriya davlatidagi “Tavhid va jihod katibasi” safiga qo‘shilgan, internet va kriptovalyuta orqali pullar yig‘gan.

Buxoroda terrorizmni moliyalashtirishda ishtirok etgan ota va o'g'il aniqlandi

Buxoro shahrida xalqaro terrorchilik faoliyatini moliyalashtirishga aloqador oilaviy holat aniqlanib, davlat xavfsizlik xizmati tomonidan tezkor-qidiruv tadbirlari o‘tkazildi. Bu haqda DXX Zamon.uzga xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, 1999-yilda tug‘ilgan fuqaro 2019-yilda Suriya davlatidagi “Tavhid va jihod katibasi” xalqaro terrorchilik tashkiloti safiga qo‘shilib, internet orqali boshqa fuqarolardan pul mablag‘larini yig‘ish va kriptovalyuta shaklida o‘tkazish bilan tashkilotning moliyaviy ta’minotini yaxshilashga yordam bergan.

 

2021–2025-yillar davomida u o‘zbek fuqarolarini kriptovalyuta orqali mablag‘ yuborishga da’vat qilgan, natijada katta miqdorda pul yig‘ilgan.

 

Shuningdek, 1965- yilda tug‘ilgan ota ham o‘g‘lining faoliyatiga jalb qilingan. Ota 2022–2025 yillar davomida “BINANCE” kripto-birjasi orqali jami 13 597 USDT mablag‘ni o‘g‘liga yuborgan.

 

Avvalroq u diniy ekstremizm va aqidaparastlik materiallarini tarqatgani uchun 2019-yilda 5 yilga ozodlikdan mahrum etilgan, keyinchalik shartli ravishda ozod qilingan.

 

Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida jinoyat ishiga chek qo‘yildi.

 

Buxoro shahar sudining qaroriga ko‘ra, 1965-yilda tug‘ilgan ota Jinoiy kodeksning 155³-moddasi 2-qismi “a” bandi va 278⁸-moddasi 2-qismi “a” bandida ko‘rsatilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, 10 yil 2 oyga ozodlikdan mahrum qilindi.

 

1999-yilda tug‘ilgan o‘g‘il esa Jinoiy kodeksning 244¹, 244², 155² va 155³-moddalari bilan ayblanib, unga nisbatan qidiruv e’lon qilindi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Buxoroda terrorizmni moliyalashtirishda ishtirok etgan ota va o'g'il aniqlandi | Zamon.uz