Jahon

Eron bilan muzokara qilish uchun kech bo‘ldi — Tramp

AQSh prezidenti Eron bilan muzokaralar uchun imkoniyat qo‘ldan boy berilganini aytib, AQShning Eronga qarshi harbiy operatsiyasi rejalashtirilganidan tezroq davom etayotganini bildirdi.

Eron bilan muzokara qilish uchun kech bo‘ldi — Tramp

AQSh prezidenti Donald Tramp Eron bilan muzokaralar olib borish imkoniyati deyarli qo‘ldan boy berilganini ma’lum qildi. U bu haqda o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozgan.

 

Trampning ta’kidlashicha, Eronning havo va dengiz mudofaasi tizimlari hamda harbiy salohiyatiga jiddiy zarba berilgan.

 

“Ularning havo mudofaasi, havo kuchlari, dengiz floti va rahbariyati yo‘q qilindi. Endi ular muzokara qilishni xohlashmoqda. Men esa: ‘Kech bo‘ldi’, dedim”, — deb yozgan u.

 

AQSh prezidenti o‘z postida The Washington Post nashrida e’lon qilingan maqolaga ham havola bergan. Unda ta’kidlanishicha, Eron tarixan AQSh uchun xavf sifatida ko‘rilib kelgan va shu sababli Vashington Yaqin Sharqdagi harbiy bazalarini saqlab kelmoqda. Shu bilan birga, Tramp quruqlikdagi bosqin amalga oshirmasdan turib ham mintaqadagi vaziyatni o‘zgartirishga erishganini ta’kidlagan.

 

3-mart kuni AQSh yetakchisi Qo‘shma Shtatlar Isroil bilan hamkorlikda 28-fevral kuni boshlangan Eronga qarshi harbiy operatsiya o‘z maqsadlariga erishishga yaqinlashayotganini ma’lum qilgan.

 

“Biz ularga katta zarar yetkazmoqdamiz va ularni jiddiy qo‘rqitmoqdamiz”, — dedi Tramp.

 

Oq uy rahbarining so‘zlariga ko‘ra, operatsiya rejalashtirilganidan tezroq davom etmoqda. Uning asosiy maqsadi Eronning yadroviy infratuzilmasi hamda raketa salohiyatini yo‘q qilishdan iborat.

 

Shuningdek, Tramp AQShning qurol zaxiralari deyarli cheksiz ekanini bildirib, zarurat tug‘ilganda mamlakat uzoq muddatli harbiy operatsiyalarni ham muvaffaqiyatli olib borish imkoniyatiga ega ekanini ta’kidlagan.

 

Avvalroq, 2-mart kuni Ali Larijoniy Eron AQSh bilan muzokara olib borish rejalari yo‘qligini ma’lum qilgan edi. Bundan bir kun oldin esa Tramp Tehron Vashington bilan muzokara qilishga tayyorligini bildirganini aytgan edi.

 

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Ular orasida Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni ham bor.