Jahon

Eronda AQSh va Isroil hujumlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 800 ga yaqinlashdi

Ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatning 153 hududida 1039 ta zarba qayd etilgan.

Eronda AQSh va Isroil hujumlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 800 ga yaqinlashdi

Eron hududiga qilingan harbiy zarbalar oqibatida halok bo‘lganlar soni 787 nafarga yetdi. Bu haqda Tasnim News Agency Eron Qizil Yarim Oy Jamiyati ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, maxsus qutqaruv guruhlari tomonidan taqdim etilgan hisobotlarga ko‘ra, Eron hududiga AQSh va Isroil tomonidan berilgan zarbalar natijasida bugungi kungacha 787 nafar fuqaro halok bo‘lgan.

 

Hozirda mamlakatning turli hududlarida qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda. Qutqaruv xizmatlari vayronalar ostida qolganlarni qidirish, jarohatlanganlarni evakuatsiya qilish hamda ularga zarur tibbiy yordam ko‘rsatish bilan shug‘ullanmoqda.

 

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, hujumlar davomida Eronning 153 hududida jami 1039 ta zarba qayd etilgan. Ushbu zarbalar oqibatida kamida 504 ta obyekt turli darajada zarar ko‘rgan.

 

Qayd etilishicha, favqulodda xizmatlar vayronalarni tozalash, jarohatlanganlarni tibbiyot muassasalariga yetkazish hamda jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish ishlarini uzluksiz davom ettirmoqda.

 

Mutasaddi tashkilotlar hududlarda vaziyatni nazorat ostida ushlab turish va zarar ko‘rgan aholiga yordam ko‘rsatish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rmoqda.

 

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.