Oʻzbekiston Saudiya Arabistoni, BAA, Qatar, Eron, Quvayt va Isroilga parvozlarni vaqtincha to‘xtatdi
Hozirda joriy yilning 28-fevraligacha ketgan yo‘lovchilarni qaytarish ishlari davom etmoqda.

Uzbekistan Airports matbuot xizmati xabar berishicha, yaqin Sharqdagi vaziyat sabab, barcha rezident va norezident aviakompaniyalar Oʻzbekiston aeroportlaridan Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Qatar, Eron, Quvayt va Isroil aeroportlariga amalga oshiriladigan parvozlarni vaqtincha to‘xtatib turadi.
Hozirgi vaqtda, rezident va norezident aviakompaniyalar tomonidan 2026-yil 28-fevralgacha jo‘nab ketgan yo‘lovchilarni O‘zbekiston hududiga qaytarish maqsadida parvozlar amalga oshirilmoqda.
Ushbu reyslar bo‘yicha aniq ma’lumot olish uchun faqat aviakompaniyalarning vakolatxonalari va ularning rasmiy veb-saytlarida ko‘rsatilgan telefon raqamlariga murojaat qilish tavsiya etiladi.
“Ehtimoliy tushunmovchiliklar va moliyaviy xavf-xatarlarning oldini olish maqsadida faqat rasmiy ma’lumot manbalaridan foydalanish va tekshirilmagan vositachilarga murojaat qilmaslik tavsiya etiladi”, deyiladi xabarda.








