O'zbekiston

O‘zbekistonda 21 yoshdan nikoh tuzganlar moliyaviy rag‘batlantiriladi

Zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlar uchun “SOS” tizimi joriy etish, pedofillar uchun jazoni kuchaytirish hamda erta nikohlarning oldini olish choralarini kuchaytirish taklif qilindi.

O‘zbekistonda 21 yoshdan nikoh tuzganlar moliyaviy rag‘batlantiriladi

3-mart kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilishni yanada kuchaytirish, ularga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olishga qaratilgan yangi tashabbuslar hamda takliflar bilan tanishdi.

 

Ta’kidlanishicha, mamlakatda erta nikoh, erta yoshdagi tug‘uruq hamda ayollar va bolalarga nisbatan zo‘ravonlik holatlarining oldini olish masalalari davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

 

Bu borada huquqni muhofaza qiluvchi organlar va boshqa mas’ul idoralar oldiga aniq vazifalar qo‘yilgan bo‘lib, ularning faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida idoralararo kengash tashkil etilgan.

 

Bugungi taqdimotda keng jamoatchilik, soha ekspertlari hamda ilg‘or xalqaro tajribalar asosida ishlab chiqilgan bir qator tashabbuslar ko‘rib chiqildi.

Xususan, quyidagi takliflar ilgari surildi:

 

shahvoniy shilqimlik uchun belgilangan 5 sutkagacha ma’muriy qamoq jazosini qat’iylashtirish;

 

pedofiliya jinoyatlari uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilishgacha bo‘lgan jazoni belgilash;

 

voyaga yetmaganlarga nisbatan jinsiy jinoyat sodir etgan mahkumlarni manzil-koloniyalarga o‘tkazmaslik;

 

ayrim jinsiy jinoyatlar bo‘yicha tergov vakolatini ichki ishlar organlaridan prokuraturaga o‘tkazish;

 

ayollar va bolalarga nisbatan zo‘ravonlik jinoyatlari bilan maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan advokatlar, tergovchilar va sudyalar shug‘ullanishini ta’minlash;

 

zo‘ravonlikdan jabrlangan va himoya orderi berilgan xotin-qizlar uchun telefonlarga maxsus “SOS” ilovasini o‘rnatish. Ushbu tugma bosilganda 5 kilometr radiusdagi ichki ishlar xodimlari 10 daqiqa ichida voqea joyiga yetib kelishi nazarda tutilmoqda.

 

Taqdimotda erta nikohlarning oldini olish bo‘yicha ham yangi tashabbuslar bildirildi. Qayd etilishicha, mamlakatda nikohlarning qariyb 40 foizi 18–19 yoshdagilar o‘rtasida tuziladi. Xalqaro tavsiyalarga ko‘ra esa nikoh uchun maqbul yosh 21 yosh hisoblanadi.

 

Shu munosabat bilan quyidagi takliflar ilgari surildi:

 

21 yoshdan keyin nikoh qurishni rag‘batlantirish uchun qo‘shimcha moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini joriy etish;

 

nikoh shartnomasi tuzishni davlat boji bo‘yicha imtiyozlar orqali rag‘batlantirish;

 

nikoh yoshiga oid qonun buzilishlari haqida xabar bergan shaxslarga jarimaning 15 foizini berish tartibini joriy etish;

 

erta nikoh va 16 yoshgacha bo‘lgan homiladorlik holatlari haqida tegishli organlarga xabar berish tizimini yo‘lga qo‘yish;

 

homilador yoki 3 yoshgacha farzand tarbiyalayotgan talaba qizlarga ta’limni davom ettirish imkoniyatini yaratish.

 

Davlat rahbari bildirilgan tashabbuslarni ma’qullab, tegishli farmonga imzo chekdi hamda mazkur yangiliklarni keng jamoatchilikka yetkazish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berdi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.