O'zbekiston

Oʻzbekistonda bank ilovalarida pul oʻtkazmalarining maqsadini ko‘rsatish talab etiladi

Yangi tartibga ko‘ra, foydalanuvchilar pul yuborishda 16 ta toifadan birini tanlashi kerak bo‘ladi.

Oʻzbekistonda bank ilovalarida pul oʻtkazmalarining maqsadini ko‘rsatish talab etiladi

O‘zbekiston Markaziy banki tijorat banklari va toʻlov tashkilotlariga kartadan kartaga (P2P) pul oʻtkazmalari uchun toʻlov maqsadini belgilash funksiyasini joriy etish boʻyicha topshiriq berdi.

 

Yangi tartibga koʻra, foydalanuvchilar bank mobil ilovalari orqali pul oʻtkazmasini amalga oshirayotganda tranzaksiyaning maqsadini maxsus toifalardan birini tanlash orqali koʻrsatishlari kerak boʻladi.

 

Bank va Mijoz Telegram kanali maʼlumotlariga ko‘ra, jo‘natuvchilardan 16 ta toifadan iborat ro‘yxatdan pul o‘tkazmasining maqsadini tanlash talab etiladi. Ushbu toifalar qatoriga qarindoshlarga pul o‘tkazish, xizmatlar uchun to‘lovlar, qarzlarni qaytarish, xayriya mablag‘lari, oziq-ovqat xarajatlari hamda boshqa maishiy to‘lovlar kiradi.

 

Qayd etilishicha, ayrim fintech xizmatlari ushbu funksiyani allaqachon joriy qilgan bo‘lsa, boshqa platformalar yangilangan tizimga bosqichma-bosqich o‘tmoqda.

 

Markaziy bank ushbu yangilik texnik xususiyatga ega ekanini ta’kidlab, uning asosiy maqsadi pul oqimlari statistikasi bo‘yicha yanada aniqroq ma’lumotlarni shakllantirish hamda tranzaksiyalarni qayta ishlash algoritmlarini takomillashtirishdan iborat ekanini bildirdi. Shuningdek, to‘plangan ma’lumotlar banklarning ichki tizimlarida saqlanishi va uchinchi shaxslarga berilmasligi qayd etildi.

 

Yangi tasnif mobil pul oʻtkazmalari hajmi sezilarli darajada oshib borayotgan bir paytda joriy etilmoqda. Maʼlumotlarga koʻra, 2025-yilda 1 million soʻmdan 5 million soʻmgacha boʻlgan oʻtkazmalar umumiy tranzaksiya hajmining 16,8 foizini tashkil etgan.

 

Taʼkidlanishicha, yangi talablar amaldagi bank xizmatlari tariflariga taʼsir qilmaydi. Shu bilan birga, foydalanuvchilarga pul oʻtkazmasini tasdiqlashdan avval tranzaksiya tafsilotlari va tanlangan toifa toʻgʻriligini diqqat bilan tekshirish tavsiya etiladi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Oʻzbekistonda bank ilovalarida pul oʻtkazmalarining maqsadini ko‘rsatish talab etiladi | Zamon.uz