O‘zbekistonning barcha hududlarida gaz uchun bazaviy me’yor muddati uzaytirildi
Ob-havo sharoitidan kelib chiqib, qo‘shimcha choralar ko‘rilishi mumkin.

Yangilangan ob-havo ma’lumotlariga ko‘ra, sovuq havo massasi mamlakatning boshqa hududlariga ham kirishi ehtimoli tufayli isitish mavsumi uchun belgilangan 500 kub metr bazaviy me’yor barcha hududlarda 2026-yilning 15-martiga qadar uzaytirildi.
Qayd etilishicha, 15-martdan keyin esa ob-havo sharoitidan kelib chiqib, zarur bo‘lsa, qo‘shimcha choralar ko‘riladi.
Avvalroq, faqatgina Qoraqalpog‘iston va Xorazmda gaz iste’molining bazaviy me’yori uzaytirilishi haqida ma’lum qilingan edi.








