Qozog‘iston Eron masalasi bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish uchun maydon taqdim etishga tayyor
Ma’lum qilinishicha, avval ham Olmaotada Eron bo‘yicha muzokaralar o‘tkazilgan.

Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Alibek Baqoyev mamlakat Eron bo‘yicha muzokaralar uchun o‘z hududini taqdim etishga tayyor ekanini bildirdi.
Baqoyevning ta’kidlashicha, Qozog‘iston bunday uchrashuvlarni o‘tkazish bo‘yicha tajribaga ega.
“Biz avval ham Eron bo‘yicha maydon taqdim qilganmiz. Ilgari Olmaota shahrida muzokaralar uchun maydon ajratilgan edi va bu mazkur masalani hal etishga katta hissa qo‘shgan", — dedi Baqoyev.
Shuningdek, u Suriya masalasida Qozog‘istonda Suriya hukumati va muxolifati o‘rtasida 20 dan ortiq muzokara raundi o‘tkazilganini, bu esa mojaro keskinligini pasaytirishga yordam berganini qayd etdi.
Baqoyevning so‘zlariga ko‘ra, agar rasmiy murojaat qilinsa, Qozog‘iston yangi muzokaralarni o‘tkazish taklifini sinchkovlik bilan ko‘rib chiqishga tayyor.








