O'zbekiston

Samarqandda MIB orqali 2 728 nafar ishsiz ishga joylashdi

Shu tariqa ishsiz aliment to‘lovchilarning doimiy bandligi taʼminlandi.

Samarqandda MIB orqali 2 728 nafar ishsiz ishga joylashdi

Majburiy ijro byurosi viloyat boshqarmasi organlari tomonidan aliment undirish hamda oilalar manfaatlarini himoya qilish borasida 2025 yilda tizimli ishlar amalga oshirildi.

 

Jumladan, aliment oluvchilar manfaatlarini taʼminlash maqsadida 2,2 mlrd so‘m naqd pul mablag‘lari oldindan to‘lov sifatida undirilishi taʼminlandi. Shuningdek, 135 nafar undiruvchiga Aliment to‘lovlari jamg‘armasi hisobidan 1 mlrd 446 mln so‘mga yaqin mablag‘ to‘lab berildi.

 

Olib borilgan profilaktik tadbirlar natijasida ham salmoqli ijobiy ko‘rsatkichlarga erishildi. Mahalla “yettiliklari” bilan hamkorlikda o‘tkazilgan profilaktik suhbatlar va ko‘rilgan chora-tadbirlar samarasida 6 798 ta oila yarashtirilib, oilalar tiklanishiga erishildi.

 

Bundan tashqari, mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirlar doirasida 2 728 nafar ishsiz aliment to‘lovchi ishga joylashtirilib, ularning doimiy bandligi taʼminlandi.

 

Shu bilan birga, qonun ustuvorligi va jazo muqarrarligini taʼminlash maqsadida aliment to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlab kelgan 995 nafar shaxs Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 474-moddasiga asosan maʼmuriy javobgarlikka tortildi. Shuningdek, 137 nafar shaxs Jinoyat kodeksining 122-moddasiga muvofiq jinoiy javobgarlikka tortildi.

 

Amalga oshirilgan mazkur chora-tadbirlar aliment undirish tizimi samaradorligini oshirish, oilalar barqarorligini taʼminlash va fuqarolarning qonuniy huquq hamda manfaatlarini himoya qilishga xizmat qilmoqda.

Eron elchisi TIVga chaqirtirildi: O‘zbekiston norozilik notasini topshirdi

Eron elchisi TIVga chaqirtirildi: O‘zbekiston norozilik notasini topshirdi

Eronning xorijdagi elchixonalari Samarqandning tarixiy-madaniy merosini fors sivilizatsiyasiga bog‘lovchi postlar e’lon qilgandi.

Prezident ichki ishlar organlari xodimlariga tabrik yo‘lladi

Prezident ichki ishlar organlari xodimlariga tabrik yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev jinoyatlarning oldini olish, kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish va fuqarolarning ichki ishlar organlariga ishonchini mustahkamlash ustuvor vazifalar ekanini ta’kidladi.

Toshkent havosi ifloslanmoqda: ko‘chalarga suv purkash ishlari kuchaytirildi

Toshkent havosi ifloslanmoqda: ko‘chalarga suv purkash ishlari kuchaytirildi

Ushbu jarayonga qariyb 100 ta maxsus texnika jalb qilingan.

54,8 trln so‘m undirildi: MIB o‘tgan yilgi natijadan 14,4 trln so‘mga oshdi

54,8 trln so‘m undirildi: MIB o‘tgan yilgi natijadan 14,4 trln so‘mga oshdi

Mablag‘larning asosiy qismi davlat foydasiga yo‘naltirildi.

Uyatli so‘zlar va tarqalgan video: Qo‘qonda erkak 10 sutkaga qamaldi

Uyatli so‘zlar va tarqalgan video: Qo‘qonda erkak 10 sutkaga qamaldi

Jamoat joyida yurish-turish qoidalarini buzgan erkak jazolandi.

Uchtepadagi xonadonda yong‘in chiqdi: bir kishi halok bo‘ldi

Uchtepadagi xonadonda yong‘in chiqdi: bir kishi halok bo‘ldi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Milliy sertifikat imtihonida qaysi alifbodan foydalaniladi? Agentlik izoh berdi

Milliy sertifikat imtihonida qaysi alifbodan foydalaniladi? Agentlik izoh berdi

Imtihonlar 24–26-oktyabr kunlari barcha hududlarda bo‘lib o‘tadi.

Tadbirkorga bosim va 65 mln so‘mlik talab: hokim o‘rinbosariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Tadbirkorga bosim va 65 mln so‘mlik talab: hokim o‘rinbosariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

U tadbirkordan uyiga quvvatli quyosh panellarini o‘rnatib berishni talab qilgan.