O'zbekiston

Toshkentda 5 oylik chaqaloq vaksinadan so‘ng operatsiya qilindi

Ma’lum bo‘lishicha, bola emlanganidan so‘ng oyog‘i yiringlab ketgan.

Toshkentda 5 oylik chaqaloq vaksinadan so‘ng operatsiya qilindi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida onaning farzandi vaksina olganidan so‘ng oyog‘i yiringlagani aytilgan videomurojaat tarqalgandi. Poytaxt sog‘liqni saqlash vazirligi holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi. 

 

Qayd etilishicha, vaziyatga aniqlik kiritish maqsadida Sog‘liqni saqlash vazirligi Ishchi guruhi tomonidan epidemiologik tekshiruv amalga oshirilgan.

 

Aniqlanishicha, joriy yil 23-fevral kuni Yakkasaroy tumanidagi 58-son oilaviy poliklinikada besh oylik Sh.I.ga 2865 X 008 A seriyali Pentavalent (AKDS+VGV+XIB)-2, OPV-3 va ROTA-3 vaksinalari bilan rejalashtirilgan emlash o‘tkazilgan. E’tiroz bildirilgan Pentavalent vaksinasi 2027-yil oktyabrigacha yaroqli hisoblanadi.

 

“22-yanvardan 23-fevralga qadar ushbu poliklinikada mazkur vaksina bilan 78 nafar bola emlangan. Sh.I. emlangan kunda esa 17 nafar bola vaksina olgan bo‘lib, ularda noxush holatlar kuzatilmagan. Emlashni amalga oshirgan vaksinator 6-yillik ish tajribasiga ega”, deyiladi rasmiy bayonotda.

 

24-fevral kuni patronaj hamshirasi tomonidan chaqaloqning inyeksiya qilingan joyida qizarish va og‘riq, tana haroratining 37,5 darajagacha ko‘tarilishi qayd etilgan. 25-fevral kuni pediatr tomonidan o‘tkazilgan ko‘rikda bolaning ahvoli qoniqarli ekani, inyeksiya joyining yuqori qismida 3x3 sm o‘lchamda qattiqlik va giperemiya borligi aniqlangan.

 

Keyinchalik chap sonning yuqori qismida absess aniqlanib, 27-fevral kuni jarrohlik yo‘li bilan ochilgan. Mutaxassislar absess emlash joyidan yuqoriroqda joylashganini va vaksinatsiya bilan bog‘liq emasligini bildirgan. Hozirgi vaqtda bolaning holati qoniqarli ekani aytilmoqda.

 

Mutaxassis xulosasiga ko‘ra, absess paydo bo‘lishiga sifatsiz taglikdan noto‘g‘ri foydalanish, teri qichishishi natijasida mexanik shikastlanish, shamollash va immunitet pasayishi hamda son sohasining uzoq vaqt ezilishi sabab bo‘lgan.

 

Ta’kidlanishicha, 2025-yil sentyabr oyida mamlakatga 2 mln 600 ming doza 2865 X 008 A seriyali Pentavalent vaksinasi olib kelingan. Ushbu seriya bilan respublika bo‘yicha 1 milliondan ortiq, Toshkent shahrida 50 mingdan ziyod bola emlangan bo‘lib, vaksinatsiyadan keyingi nojo‘ya holatlar qayd etilmagan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Toshkentda 5 oylik chaqaloq vaksinadan so‘ng operatsiya qilindi | Zamon.uz