O'zbekiston

Toshkentda IIBBning 2 tezkor xodimi qamoqqa olindi

Ular fuqaroni jinoyiy javobgarlikdan qutqarish evaziga 2200 AQSh dollari talab qilgan.

Toshkentda IIBBning 2 tezkor xodimi qamoqqa olindi

Toshkent shahar Ichki ishlar boshqarmasi (IIBB)ning 2 nafar tezkor xodimi xizmat mavqeini suiiste’mol qilib, shaxsiy boylik orttirishga uringanligi aniqlanib, Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan ushlangan. Bu haqda DXX Zamon.uzga xabar berdi.

 

Tezkor tadbir davomida Shayxontohur tumani IIO FMB Jinoyat qidiruv bo‘limi katta tezkor xodimi va Toshkent shahar IIBB Jinoyat qidiruv boshqarmasi katta tezkor xodimi Olmazor tumanida yashovchi 1982-yilda tug‘ilgan fuqaroning yonidan topilgan 3 gramm “gashish” moddasiga oid ish hujjatlari doirasida, gumondorni jinoyat javobgarligidan qutqarish evaziga 2200 AQSh dollari talab qilgani ma’lum bo‘ldi. Ular oldindan kelishilgan pulning 1000 dollarini olishgan. Qolgan 1200 dollarni o'z xizmat xonasida olish jarayonida ushlangan.

 

Shuningdek, Toshkent shahar IIBB Jinoyat qidiruv boshqarmasi katta tezkor xodimi ham protsessual tartibda ushlangan.

 

Hozirda Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan mazkur xodimlarga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

 

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Toshkentda IIBBning 2 tezkor xodimi qamoqqa olindi | Zamon.uz