Xorazmda MIB orqali kelinning sepi qaytarib olindi
Ijro harakati davomida 48 turdagi buyum egasiga qaytarilgan.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Xorazm viloyatining Shovot tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan daʼvogar M.Sh.ga javobgar R.X.dan mol-mulklarni olib berish belgilangan.
Ajrashgan fuqaroning murojaati asosida Byuroning Qo‘shko‘pir tumani bo‘limi tomonidan belgilangan tartibda ijro harakatlari amalga oshirilgan.
O‘rganishlar davomida nikoh davrida kelin tomonidan olib kelingan sep buyumlari aniqlanib, qonuniy asosda ro‘yxat shakllantirilgan. Ushbu ro‘yxatga muvofiq, 48 turdagi buyum — maishiy anjomlar, oshxona jihozlari, yotoq anjomlari, shaxsiy foydalanish buyumlari hamda bolaga tegishli jihozlar egasiga qaytarildi.
Ijro jarayoni amaldagi qonunchilik talablariga to‘liq rioya etilgan holda o‘tkazildi. Shu tariqa, fuqaroning mulkiy huquqlari taʼminlandi.








