O'zbekiston

Xorazmda joriy yilda kambagʻallik darajasi 3 foizgacha qisqartiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatida amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar natijadorligi hamda kelgusi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.

Xorazmda joriy yilda kambagʻallik darajasi 3 foizgacha qisqartiriladi

Shavkat Mirziyoyev 3-mart kuni Xorazm viloyatida amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar natijadorligi hamda kelgusi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.

 

Yig‘ilishda qayd etilishicha, so‘nggi yillarda viloyatda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hisobiga bir qator ijobiy natijalarga erishilgan.

 

Xususan, sanoat hajmi 2016-yildagi 2,8 trillion so‘mdan 34,3 trillion so‘mga yetdi. Yalpi hududiy mahsulot hajmi esa 63 trillion so‘mni tashkil etdi. O‘tgan yil davomida viloyat iqtisodiyotiga 1 milliard dollardan ortiq investitsiya jalb qilindi.

 

Shu bilan birga, erishilgan natijalar hudud salohiyatiga to‘liq mos kelmasligi ta’kidlandi. Ayniqsa, boy tarixiy va madaniy merosga ega hududda turizm imkoniyatlaridan yetarlicha foydalanilmayotgani qayd etildi. Sayyohlarning viloyatda o‘rtacha qolish muddati 1–2 kun bilan cheklanib qolmoqda.

 

Viloyatda 1 milliondan ortiq yoshlar istiqomat qiladi va har yili 35 mingga yaqin yosh mehnat bozoriga kirib keladi. Shu bois yoshlarning ta’lim-tarbiyasi, zamonaviy kasb-hunar egallashi va bandligini ta’minlash masalasi hudud rahbarlari uchun ustuvor vazifa sifatida belgilandi.

 

Yosh avlodni buyuk ajdodlar merosiga munosib tarzda tarbiyalash zarurligi alohida qayd etildi. Bu borada Jaloliddin Manguberdi, Abu Rayhon Beruniy, Muhammad al-Xorazmiy va Az-Zamaxshariy kabi buyuk siymolar merosiga tayanib, yangi tizimli yondashuvlarni ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi.

 

Aholining qariyb 67 foizi qishloq joylarda istiqomat qilishi inobatga olinib, aynan qishloq hududlarida qo‘shimcha daromad manbalarini yaratish orqali ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish muhimligi ta’kidlandi.

 

Masalan, Gurlan, Tuproqqal’a, Yangibozor va Qo‘shko‘pir tumanlaridagi 135 ta mahallani chorvachilikka ixtisoslashtirish, Urganch, Xonqa, Qo‘shko‘pir va Shovot tumanlarida esa qurilish materiallari, to‘qimachilik, hunarmandchilik hamda mebelsozlik yo‘nalishlarini rivojlantirish rejalashtirilmoqda.

 

Shuningdek, Urganch, Qo‘shko‘pir, Xonqa, Yangiariq va Shovot tumanlarida 6 ta sanoat va xizmatlar mikromarkazini tashkil etish orqali kamida 10 ming nafar aholini kambag‘allikdan chiqarish imkoniyati mavjudligi qayd etildi.

 

O‘tgan yili viloyatga kelgan xorijiy va mahalliy sayyohlar soni 12,5 million nafarga yetgan bo‘lsa-da, turizm xizmatlari sifati va yangi yo‘nalishlarni rivojlantirish bo‘yicha hali katta imkoniyatlar mavjud. Shu munosabat bilan Khiva shahri hamda Bog‘ot va Xiva tumanlaridagi turizm mahallalarida servis obyektlarini barpo etish, 59 ta mahalladagi gavjum ko‘chalar bo‘yicha master-rejalar ishlab chiqib, tadbirkorlarga taklif etish topshirildi.

 

10,8 gektar maydonda joylashgan Sulaymon qal’a majmuasini yangi turistik maskan sifatida kompleks rivojlantirish dasturini ishlab chiqish ham belgilandi.

 

Shuningdek, Urganch shahri orqali o‘tuvchi Shovot kanali bo‘yida turizm va servis obyektlari hamda ko‘ngilochar markazlar barpo etish rejalashtirilmoqda.

 

Yig‘ilishda investitsiya va eksportni oshirish ustuvor vazifa sifatida qayd etildi. Hazorasp, Urganch, Shovot va Tuproqqal’a hududlarida yirik sanoat loyihalarini amalga oshirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Xususan, Pitnak shahridagi avtomobil zavodi quvvatini kengaytirish va mahalliylashtirish darajasini 62 foizga yetkazish orqali mashinasozlik klasterini shakllantirish rejalashtirilmoqda. Hazoraspda kimyo, to‘qimachilik va oziq-ovqat sanoati, Shovotda esa mebelchilik va tekstil yo‘nalishlarida yangi loyihalar amalga oshiriladi.

 

Viloyat shahar va tumanlarini zamonaviy qiyofaga keltirish, yo‘l va suv infratuzilmasini yaxshilash uchun 1 milliard 600 million dollar mablag‘ ajratilishi ma’lum qilindi.

Joriy yil yakuniga qadar viloyatda xorijiy investitsiyalar hajmini 2 milliard dollardan, eksportni esa 510 million dollardan oshirish rejalashtirilgan. Natijada yalpi hududiy mahsulotni 8,4 foizga, sanoatni 9 foizga, xizmatlar sohasini 16,2 foizga va qishloq xo‘jaligini 5,7 foizga oshirish ko‘zda tutilmoqda.

 

O‘tgan yili Xorazm viloyatida kambag‘allik darajasi 11,9 foizdan 6,7 foizga kamayib, respublika bo‘yicha eng yuqori natijalardan biri qayd etildi. Shunga qaramay, bu ko‘rsatkich hali ham mamlakat o‘rtacha darajasidan yuqoriligicha qolayotgani ta’kidlandi.

Shu bois yil yakuniga qadar ishsizlik va kambag‘allik darajasini kamida 3 foizgacha qisqartirish asosiy vazifa sifatida belgilandi. Hazorasp, Xonqa, Shovot, Yangiariq, Yangibozor, Tuproqqal’a, Xiva hamda Urganch shaharlarini ishsizlik va kambag‘allikdan xoli hududga aylantirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

 

Yig‘ilish yakunida mutasaddilarga bir qator aniq vazifalar yuklatildi. Jumladan, Gurlan tumanidagi 158 kilometr kanalni rekonstruksiya qilish, tadbirkorlik loyihalarini qo‘llab-quvvatlash uchun 81 million dollar ajratish, 270 ta nasos agregatini energiya tejamkor uskunalarga almashtirish, O‘zbekiston–Turkmaniston chegaraoldi savdo zonasini moliyalashtirish hamda ijtimoiy obyektlar va infratuzilmani ta’mirlash uchun 100 milliard so‘m yo‘naltirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

 

Davlat rahbari mutasaddilar oldiga amalga oshirilayotgan ishlarni aholi hayotida real o‘zgarishlar keltirib chiqaradigan, aniq natijaga yo‘naltirilgan tarzda tashkil etish hamda har bir hudud va mahallada manzilli yondashuvni ta’minlash vazifasini qo‘ydi.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.