O'zbekiston

YTH oqibatida vafot etgan kichik serjant Xosilbek Eshnazarov "Jasorat" medali bilan taqdirlandi

Yo‘l-patrul xizmati xodimi BMW rusumli avtomobil urib yuborishi oqibatida halok bo‘lgan edi.

YTH oqibatida vafot etgan kichik serjant Xosilbek Eshnazarov "Jasorat" medali bilan taqdirlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga ko‘ra, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi yo‘l-patrul xizmati inspektori, marhum kichik serjant Eshnazarov Xosilbek Beknazar o‘g‘li "Jasorat" medali bilan mukofotlandi.

 

Farmonda qayd etilishicha, u ichki ishlar organlaridagi fidokorona xizmati, jinoyatchilikka qarshi kurashish, jamoat xavfsizligi va fuqarolar osoyishtaligini ta’minlash, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish hamda qoidabuzarliklar profilaktikasini samarali amalga oshirishdagi katta xizmatlari uchun taqdirlangan.

 

Shuningdek, marhum xizmat burchini sidqidildan va yuksak sharaf bilan ado etib, mardlik va fidoyilik namunasini ko‘rsatgani, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalashdagi faol ishtiroki alohida ta’kidlangan.

 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi 25-fevral kuni kechqurun Toshkentda BMW M4 (raqami 010210OC) avtomobili Yo‘l-patrul xizmati xodimini urib ketgani aks etgan videoni e’lon qilgandi. Rulda esa haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan 16 yoshli 10-sinf o‘quvchisi bo‘lgan. 

 

Keyinchalik ushbu transport vositasi 2002-yilda tug‘ilgan qizga tegishli bo‘lib, avtomobil 2024-yildan shu kunga qadar 18 marotaba transport vositasini boshqarish huquqi bo‘lmagan shaxsga haydash uchun berilgani aniqlangandi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

YTH oqibatida vafot etgan kichik serjant Xosilbek Eshnazarov "Jasorat" medali bilan taqdirlandi | Zamon.uz