Jahon

AQSh Eron bilan mojaro boshlangandan beri qariyb 2 mlrd dollarlik texnika yo‘qotdi

Eng katta yo'qotish Qatardagi bazada joylashgan radar tizimi bo'lgan.

AQSh Eron bilan mojaro boshlangandan beri qariyb 2 mlrd dollarlik texnika yo‘qotdi

AQSh Eron bilan harbiy qarama-qarshilik boshlanganidan buyon qariyb 2 milliard dollarlik harbiy texnikasini yo‘qotgani ma’lum qilindi. Bu haqda Anadolu agentligi xabar berdi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Eron tomonidan berilgan zarbalar natijasida AQShga yetkazilgan umumiy zarar taxminan 1,9 milliard dollarga baholanmoqda.

 

Xususan, Quvayt hududida joylashgan harbiy bazada AQShga tegishli uchta F-15E Strike Eagle qiruvchi samolyoti yo‘qotilgani aytilmoqda. Ularni almashtirish qiymati qariyb 282 million dollarga teng deb baholangan.

 

Shuningdek, BAA hududidagi obyektga berilgan zarba natijasida Terminal High Altitude Area Defense (THAAD) raketaga qarshi mudofaa tizimi shikastlangan. Mazkur tizimning qiymati taxminan 500 million dollar deb baholanadi.

 

Eng katta yo‘qotish esa Qatar hududidagi AQSh bazasida joylashgan radar tizimiga to‘g‘ri kelgani aytilmoqda. Taxminan 1,1 milliard dollarlik ushbu tizim mojaroning ilk kunidayoq shikastlangan.

 

Bundan tashqari, Bahrayn hududida joylashgan AQSh dengiz kuchlarining Beshinchi flotini qo‘llab-quvvatlash markaziga ham zarba berilgani ma’lum qilindi.

 

Hujum oqibatida ikki sun’iy yo‘ldosh aloqa terminali hamda bir nechta binolar vayron bo‘lgani aytilmoqda.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.