O'zbekiston

Dohada 500 dan ortiq o‘zbekistonlik vaqtincha mehmonxonalarda yashamoqda

Elchixona ularga zarur amaliy yordam ko‘rsatmoqda.

Dohada 500 dan ortiq o‘zbekistonlik vaqtincha mehmonxonalarda yashamoqda

Yaqin Sharq mintaqasidagi beqaror vaziyat sabab Qatar poytaxti Doha shahrida 500 nafardan ortiq O‘zbekiston fuqarolari vaqtincha mehmonxonalarda yashamoqda. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekistonning Dohadagi elchixonasi xodimlari vatandoshlardan muntazam xabar olib, ularga zarur amaliy yordam ko‘rsatmoqda.

 

Xususan, 3-mart kuni diplomatik vakolatxona xodimlari “La Villa” va “OYYO Hotel” mehmonxonalariga tashrif buyurib, u yerda vaqtincha yashab turgan fuqarolar bilan uchrashgan hamda ularning shaxsiy ma’lumotlari asosida ro‘yxat tuzilgan.

 

Shuningdek, elchixona hamda “Vatandosh” jamoat fondi vakillari mehmonxonalarda istiqomat qilayotgan ayrim ehtiyojmand fuqarolar uchun iftorlik tashkil qilgan.

 

Tibbiy yordamga muhtoj bo‘lgan vatandoshlar esa Hamad kasalxonasiga yetkazilgan.

 

Bundan tashqari, Doha shahrida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida vafot etgan O‘zbekiston fuqarosini dafn etish uchun zarur hujjatlarni rasmiylashtirishda ham elchixona tomonidan ko‘mak ko‘rsatilgan. Qatar vakolatli organlari bilan hamkorlikda dafn marosimi tashkil etilgan.

 

Ayni paytda Qatarning havo hududi yopiq holda qolmoqda.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Dohada 500 dan ortiq o‘zbekistonlik vaqtincha mehmonxonalarda yashamoqda | Zamon.uz