O'zbekiston

Ilm yo‘lida yangi avlodga ilhom — yoshlar uchun namuna bo‘layotgan olim faoliyati

Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot institutida faoliyat yuritayotgan PhD Ulug‘bek Mirzayev ilmiy izlanishlari va xalqaro tajribasi bilan sog‘liqni saqlash tizimi rivojiga hissa qo‘shib, yosh olimlar uchun namuna bo‘lib kelmoqda.

Ilm yo‘lida yangi avlodga ilhom — yoshlar uchun namuna bo‘layotgan olim faoliyati

Yangi O‘zbekiston sharoitida ilm-fan va sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish, ayniqsa yuqumli kasalliklar profilaktikasi hamda zamonaviy ilmiy tadqiqotlarni kengaytirish dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Bu yo‘nalishda faoliyat yuritayotgan yosh va tashabbuskor olimlar mamlakat ilmiy salohiyatini oshirishga munosib hissa qo‘shib kelmoqda. Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti ana shunday ilmiy markazlardan biri bo‘lib, bu yerda olib borilayotgan ilmiy izlanishlar nafaqat tibbiyot sohasining rivojiga xizmat qilmoqda, balki yosh tadqiqotchilar uchun ham katta motivatsiya manbai bo‘lib xizmat qilmoqda.

 

Infeksionist (yuqumli kasalliklar shifokori), epidemiologiya bo‘yicha PhD Ulugbek Mirzayev Xudayberdiyevich  ana shunday fidoyi olimlardan biridir. Bugungi kunda u Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot institutida ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritib, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish, zamonaviy epidemiologik tahlillarni joriy etish hamda yosh tadqiqotchilarni qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishida samarali ish olib bormoqda.  

 

Ulugbek Mirzayev o‘z faoliyatini amaliy infeksionist shifokor sifatida boshlagan. Yuqumli kasalliklar bo‘limida ishlash jarayonida orttirgan tajribasi keyinchalik uning ilmiy izlanishlari uchun mustahkam asos bo‘ldi. Ayniqsa, gepatit C infeksiyasining jigar tashqarisidagi asoratlarini o‘rganishga bag‘ishlangan tadqiqotlari kasallikni faqat jigar bilan bog‘liq muammo sifatida emas, balki butun organizmga ta’sir qiluvchi tizimli kasallik sifatida baholash zarurligini ko‘rsatdi.  

 

Olim virusli gepatitlar epidemiologiyasi bo‘yicha yirik ilmiy loyihalarda ham faol ishtirok etgan. Milliondan ortiq aholi qamrab olingan epidemiologik tadqiqotlarda gepatit B va C infeksiyalarining tarqalish ko‘rsatkichlari tahlil qilindi. Ushbu ilmiy izlanishlar yuqori xavf guruhlarini aniqlash, profilaktika choralarini takomillashtirish hamda kasalliklarni erta aniqlash tizimini kuchaytirishga xizmat qilmoqda.  

 

Mirzayevning ilmiy faoliyati xalqaro miqyosda ham e’tirof etilgan. U Yaponiya davlatidagi Hiroshima universitetida epidemiologiya yo‘nalishi bo‘yicha PhD darajasini qo‘lga kiritgan. Uning doktorlik tadqiqotlari gepatit E virusi tarqalishini o‘rganishga bag‘ishlangan bo‘lib, serologik va statistik tahlillar orqali infeksiya darajasi va xavf omillari ilmiy jihatdan asoslab berilgan.  

 

COVID-19 pandemiyasi davrida o‘tkazilgan III-bosqich vaksina klinik sinovlarida ham Mirzayev faol ishtirok etdi. 6 500 dan ortiq ishtirokchi qatnashgan ushbu tadqiqotlar xalqaro GCP standartlari asosida olib borildi. Tadqiqot jarayonlarida xavfsizlik monitoringi, nojo‘ya ta’sirlarni baholash hamda statistik tahlil ishlarini muvofiqlashtirishda uning tajribasi muhim rol o‘ynadi.  

 

Bundan tashqari, 44 mingdan ortiq ayol ishtirok etgan Odam papiloma virusi epidemiologik tadqiqoti ham uning ilmiy faoliyatida alohida o‘rin tutadi. Mazkur izlanish bachadon bo‘yni saratonining erta aniqlanishi va skrining tizimini takomillashtirishga qaratilgan bo‘lib, infeksion kasalliklar va onkologik xavf o‘rtasidagi bog‘liqlikni chuqur o‘rganishga xizmat qilmoqda.

 

Ulugbek Mirzayev nafaqat olim, balki yosh tadqiqotchilar uchun ustoz hamdir. U ilmiy tadqiqot metodologiyasi va tanqidiy fikrlash bo‘yicha mashg‘ulotlar orqali yosh shifokorlar va olimlarni ilmiy izlanishga undab kelmoqda. Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot institutida amalga oshirilayotgan bunday ilmiy faoliyat yoshlarning ilmga qiziqishini oshirib, yangi avlod tadqiqotchilarining shakllanishiga xizmat qilmoqda.

 

Bugungi kunda institut olimlari tomonidan olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar nafaqat mamlakat sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish, balki yosh avlodni ilm-fanga jalb qilishda ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bunday olimlarning faoliyati yoshlar uchun katta motivatsiya bo‘lib, ilmiy izlanish, mehnat va intilish orqali katta natijalarga erishish mumkinligini yana bir bor namoyon etadi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Ilm yo‘lida yangi avlodga ilhom — yoshlar uchun namuna bo‘layotgan olim faoliyati | Zamon.uz