O'zbekiston

Iroqlik adibning O‘zbekiston haqidagi kitobi nashrdan chiqdi

Kitob Yaqin Sharqda sodir bo‘layotgan mojarolar fonida xalqaro hamjamiyat uchun dolzarb ahamiyat kasb etadi.

Iroqlik adibning O‘zbekiston haqidagi kitobi nashrdan chiqdi

Qohira shahridagi "Al-Vefaq" ("Dar al-Wefaq Publishing & Distribution") nashriyotida iroqlik adib Ahmad Jasim Zubaydining “Ma’naviyat – Yangi O‘zbekistonning Zuhro yulduzi. Islom – insoniylik, bilim va ma’rifat falsafasi” nomli kitobi nashrdan chiqdi. Bu haqida O‘zA e’lon qilgan maqolada ma’lum qilindi.

 

Maqolada qayd etilishicha, kitobda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning insonparvarlik, ma’naviy va ilmiy-ma’rifiy sohada olib borayotgan siyosati va global tashabbuslari aks ettirilgan. Muallif bu asar oddiy voqealar solnomasi emas, balki xalqaro hamkorlik, tinchlik va ma’naviy qadriyatlarni mustahkamlashga qaratilgan chuqur mushohadasi ekanini ta’kidlagan.

 

Nashriyot bosh direktori Abud Mustafa Abudning so‘zlariga ko‘ra, kitob Yaqin Sharqda sodir bo‘layotgan mojarolar fonida xalqaro hamjamiyat uchun dolzarb ahamiyat kasb etadi.

 

Ahmad Zubaydiyning ta’kidlashicha, arab olamida O‘zbekistonning ichki va tashqi siyosati katta hurmat bilan kuzatilmoqda, Markaziy Osiyoda qadriyatlar jonlanmoqda va Shavkat Mirziyoyevning tashabbuslari mintaqa davlatlari o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

 

Kitob O‘zbekiston Xalqaro Islom akademiyasi, Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazi va Samarqanddagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi kabi muassasalar faoliyati bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, yoshlarni tarbiyalash va ma’naviyatni rivojlantirishga qaratilgan.

 

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Iroqlik adibning O‘zbekiston haqidagi kitobi nashrdan chiqdi | Zamon.uz