O'zbekiston

Prezident pedofillarning umrbod ozodlikdan mahrum qilinishini nazarda tutuvchi farmonni imzoladi

Farmonga ko‘ra voyaga yetmaganlarga nisbatan jinsiy jinoyatlar sodir etgan shaxs yana shunday jinoyat qilsa unga uzoq muddatli qamoq jazosi tayinlanadi.

Prezident pedofillarning umrbod ozodlikdan mahrum qilinishini nazarda tutuvchi farmonni imzoladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 3-mart kuni ayollar va bolalar huquqlarini yanada kuchaytirish, ularga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olishga qaratilgan takliflar bilan tanishib chiqiqb, tegishli farmonni imzoladi.

 

Farmonga ko‘ra, voyaga yetmaganlarga nisbatan jinsiy erkinlikka qarshi jinoyatlarni sodir etgan va muqaddam sudlangan shaxslar yana shunday og‘ir jinoyatni qilsa, ularga umrbod ozodlikdan mahrum qilish yoki uzoq muddatli qamoq jazosi tayinlanishi belgilanmoqda. 

 

Xususan, 14 yoshga to‘lmagan shaxsning nomusiga tegish yoki unga nisbatan zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda jinsiy ehtiyojni qondirish holatlari eng og‘ir toifaga kiritilmoqda.

 

Hujjatga muvofiq, Jinoyat kodeksining 118 va 119-moddalari bo‘yicha voyaga yetmaganlarga nisbatan jinoyat sodir etgan mahkumlar manzil-koloniyalarga o‘tkazilmaydi. Ular jazoni yengillashtirish yoki saqlash sharoitlarini yumshatish imkoniyatidan psixologik tuzatish dasturidan o‘tmasdan foydalana olmaydi.

 

Bundan tashqari, jinsiy jinoyatlar bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv va dastlabki tergovni faqat prokuratura organlari olib boradi. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda ham shahvoniy shilqimlik uchun jazo sanksiyalarini kuchaytirish nazarda tutilgan. Farmon bilan voyaga yetmaganlarni jinsiy ekspluatatsiyadan himoya qilish tizimi yanada qat’iylashtirilishi ko‘zda tutilgan.

 

Shuningdek, voyaga yetmaganlarga nisbatan sodir etilgan jinsiy va zo‘ravonlikka oid jinoyatlarni tergov qilish prokuratura organlarining mutlaq vakolatiga o‘tkaziladi. Voyaga yetmagan shaxslar va xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik bilan bog‘liq ishlarni tergov qilish va ko‘rishga ixtisoslashgan va maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan tergovchi va sudyalar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

 

Shu bilan birga, erta nikoh va 16 yoshgacha bo‘lgan homiladorlik aniqlangan xotin-qizlar haqidagi ma’lumotlarning sir saqlanishi va himoya qilinishini ta’minlash kafolatlanadi.

 

Shavkat Mirziyoyev 16-fevral kungi yig‘ilishda ayollar va bolalarga nisbatan zo‘ravonlik uchun jazoni kuchaytirish, pedofiliya uchun umrbod ozodlikdan mahrum etish jazosini joriy etish tashabbusini qo‘llab-quvvatlagan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.