O'zbekiston

Qarshi va Buxoroda bozor mansabdorlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Ular bozor hududidagi savdo joylarini noqonuniy rasmiylashtirib berish evaziga 11-80 ming dollar miqdorda pul talab qilgan.

Qarshi va Buxoroda bozor mansabdorlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Davlat xavfsizlik xizmati hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida dehqon bozorlarida sodir etilgan korrupsion holatlar fosh etildi. Tekshiruvlarda ayrim mansabdor shaxslar auksion orqali sotilishi lozim bo‘lgan savdo nuqtalarini shaxsiy moddiy manfaat evaziga noqonuniy ravishda fuqarolarga sotish bilan shug‘ullangani aniqlangan. Bu haqda DXX Zamon.uzga xabar berdi

 

Xususan, Qarshi shahrida faoliyat yurituvchi dehqon bozori raisi va nazoratchisi o‘zaro til biriktirib, bozor hududida yangi qurilgan 110 kvadrat metr maydonga ega savdo do‘konini tadbirkorlik bilan shug‘ullanishni rejalagan fuqaro nomiga rasmiylashtirib berish evaziga undan 80 ming AQSH dollari talab qilgan. Ular oldindan 30 ming AQSH dollarini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

 

Mazkur holat yuzasidan gumonlanuvchilarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi hamda 28, 211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Shuningdek, yana bir holatda Buxoro shahridagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ulgurji savdosi amalga oshiriladigan bozorda ham shunga o‘xshash qonunbuzarlik aniqlangan. Bozor rahbari va ish yurituvchisi o‘zaro til biriktirib, bozor hududida yengil konstruksiyali savdo do‘koni qurish hamda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi uchun 120 kvadrat metr yer maydoni ajratib berish evaziga fuqarodan 11 ming AQSH dollari olgan vaqtida ularning noqonuniy harakatlariga chek qo‘yilgan.

 

Mazkur holat bo‘yicha ham Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a, v” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.