O'zbekiston

Qo‘qondagi uyda gaz portlash sababi aniqlandi

Hodisa nosoz va nostandart gaz shlangidan foydalanish tufayli sodir bo‘lgan

Qo‘qondagi uyda gaz portlash sababi aniqlandi

Favqulodda vaziyatlar vazirligining Qo‘qondagi uyda bir kishining halok bo‘lishiga olib kelgan gaz portlashi sabablarini o‘rganilganini ma’lum qildi.

 

Vazirlik axborot xizmati rahbari Murod Sodiqovning bildirishicha, mutaxassislar tomonidan o‘rganish jarayonida, mazkur holat sodir bo‘lgan xonadonda uy egasi gaz plitasini ishlatgan paytda nosoz va nostandart shlangdan foydalangan va natijada portlash yuzaga kelgan.

 

​FVV vakili gaz aniqlovchi analizator, ya’ni agar xonaga gaz sizib chiqsa, manbayini o‘chiradigan qurilma haqida ham ma’lumot berib, avtomatlashgan tizim va eng xavfsiz hisoblanishini ta’kidladi.

 

Qo‘qon shahridagi "Bo‘ston" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan ko‘p qavatli uyda gaz portlashi 25-fevral kuni sodir bo‘lishi oqibatida yong‘in kelib chiqqandi. Baxtsiz hodisa sabab ushbu xonadonda istiqomat qilgan, 2007-yilda tug‘ilgan fuqaro beton qoplama (plita) bosib qolib, og‘ir tan jarohati olgan va voqea joyida vafot etgan. 

 

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 259-moddasi 2-qismi "a" bandi (yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish odam o‘lishiga sabab bo‘lishi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, jinoyat ishi Tergov departamenti tomonidan nazoratga olindi.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Qo‘qondagi uyda gaz portlash sababi aniqlandi | Zamon.uz