O'zbekiston

Toshkentda avtobus bekatlaridagi do‘konlar olib tashlanadi

360 dan ortiq bekat va 190 ta katta-kichik chorraha xatlovdan o‘tkazildi.

Toshkentda avtobus bekatlaridagi do‘konlar olib tashlanadi

Toshkent shahar hokimligining ma’lum qilishicha, Toshkent shahridagi avtobus bekatlaridagi do‘konlar olib tashlanadi. 

 

“Xalqaro tajribaga ko‘ra, jamoat transporti bekatlarining zamonaviy konsepsiyalari bekat hududida savdo obyektlarining bo‘lmasligini, yo‘lovchilarning transportni erkin va xavfsiz kutishini, platformalarning yetarlicha keng bo‘lishini hamda tirbandlik yuqori bo‘lganda ularni kengaytirish imkoniyatini, shuningdek, inklyuziv muhit yaratilishini ta’minlaydi”, deyiladi hokimlik xabarida.

 

Avvalroq, Yo‘l harakatini tashkil etish markazi mutaxassislari poytaxtning eng tirband 472 km avtomobil yo‘lini aniqlagani haqida xabar berilgan edi. Hokimlik ma’lumotiga ko‘ra, birinchi bosqichda 100 kmlik masofa qamrab olinib, 360 dan ortiq bekat va 190 ta katta-kichik chorraha xatlovdan o‘tkazilgan.

 

O‘tkazilgan audit natijalari jamoat transporti yo‘nalishida bekatlar o‘rnida 110 ta savdo obyekti joylashganini ko‘rsatgan. Ulardan 61 tasi bekat majmuasi hududiga egalik qilish va uni tasarruf etish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim eta olmagan. Ularning faoliyatiga huquqiy baho berilib, tegishli choralar ko‘riladi.

 

Shahar ma’muriyatining tegishli qaroriga asosan barcha bekatlar yangilanadi. Ruxsat beruvchi hujjatlarga ega tadbirkorlarga savdo nuqtalarini o‘rnatish uchun boshqa joy ajratish orqali kompensatsiya to‘lash mexanizmi ko‘zda tutilgan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Toshkentda avtobus bekatlaridagi do‘konlar olib tashlanadi | Zamon.uz