O'zbekiston

Toshkentda yonida homilador ayoli bor haydovchiga hujum qilgan ota va o‘g‘ilga hukm o‘qildi

Hodisa oqibatida haydovchining ayoli homilasidan ayrilgan.

Toshkentda yonida homilador ayoli bor haydovchiga hujum qilgan ota va o‘g‘ilga hukm o‘qildi

Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida Jentra rusumli avtomobil haydovchisiga nisbatan sodir etilgan hujum ishi bo‘yicha sud hukmi e’lon qilindi. Bu haqda Toshkent shahar sudi matbuot xizmati Zamon.uz ga ma’lum qildi.

 

Yakkasaroy tumani jinoyat ishlari bo‘yicha sudi tomonidan 24 yoshli yigit va uning 55 yoshli otasi guruh bo‘lib sodir etilgan bezorilikda aybdor deb topildi.

 

Dastlab ularga qasddan og‘ir tan jarohati yetkazish aybi qo‘yilgan edi. Biroq sud-tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, jabrlanuvchining rafiqasida faqat yengil tan jarohatlari aniqlangan. Shuningdek, hodisadan avval homiladorlikni tasdiqlovchi tibbiy hujjatlar taqdim etilmagani sababli homila tushgani haqidagi xabar o‘z tasdig‘ini topmagan. Shu asosda ayblov bezorilik moddasi bilan qayta tasniflandi.

 

Sud hukmiga ko‘ra, har ikki sudlanuvchiga ikki yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. Hibsda o‘tkazilgan vaqt inobatga olinib, yakuniy jazo sifatida1 yil 6 oy 24 kun ozodlikni cheklash belgilandi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.