Jahon

Tramp AQSHni cheksiz urushga tortmoqda — AQSH senatori

Senator Tramp butunlay nazoratdan chiqib ketganini va amerikaliklar uning yolg‘onlari tufayli allaqachon halok bo‘lishganini bildirdi.

Tramp AQSHni cheksiz urushga tortmoqda — AQSH senatori

AQSH senatori Ed Marki Donald Trampni Eronga qarshi noqoqnuniy urush olib borishda aybladi.

 

"Men hozirgina Eron bo‘yicha maxfiy brifingdan chiqdim va unda shundoq ham bilgan narsamiz tasdiqlandi. Donald Tramp noqonuniy urush olib bormoqda va uning to‘xtash rejasi yo‘q. Bugun u biz Eronga hujum qilganimizni aytdi, chunki u buni oldindan sezgan ekan, ammo biz haqiqatni bilamiz" — dedi senator

 

Ed Markining bildirishicha, Donald Tramp Eronning yadroviy va raketa salohiyati haqida yolg‘on gapirib, Qo‘shma Shtatlarni Yaqin Sharqdagi yana bir tugamas urushga tortmoqda. 

 

"Tramp butunlay nazoratdan chiqib ketdi va amerikaliklar uning yolg‘onlari tufayli allaqachon halok bo‘lishdi", — deya qo‘shimcha qildi Marki.

 

Avvalroq AQSHning yana bir senatori Berni Sanders ham Donald Tramp yozda Eronning yadroviy salohiyati AQSH zarbalari orqali yo‘q qilinganini aytganini, ammo bu bayonot haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini bildirgan.

 

Sandersning fikricha, agar bu gaplar rost bo‘lmasa, demak hozirgi harbiy operatsiya “yolg‘on bahona” bilan boshlangan bo‘lishi ehtimoldan xoli emas. U bu holatni AQSHning Iroqqa bostirib kirishi bilan taqqosladi.

 

“Tramp biz Eronga hujum qilishimiz kerakligini aytmoqda, chunki uning yadro quroliga ega bo‘lishiga yo‘l qo‘ya olmaymiz. Ammo iyun oyida aynan o‘zi "Eron yadroviy obyektlari yo‘q qilindi" degan edi. Vetnam. Iroq. Eron. Yana bir yolg‘on. Yana bir urush”, — deb yozgan edi Sanders.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.