Jahon

Xomaniynig o‘g‘li Mujtabo Xomanaiy yangi oliy rahbar etib saylandi — Iran International

Eronlik siyosatchilardan farqli ravishda, Mujtabo ommaviy chiqishlardan chetda bo‘lib, faoliyatini soyada olib borgan.

Xomaniynig o‘g‘li Mujtabo Xomanaiy yangi oliy rahbar etib saylandi — Iran International

Muxolifat nashr hisoblangan Iran International nashrining manbalarga tayanib xabar berishicha, Eron Islom Respublikasining Ekspertlar kengashi Mujtabo Xomanaiyni Eronning yangi oliy rahbari lavozimga sayladi.

 

Qayd etilishicha, 56 yoshli Mujtabo Xomaniy marhum Oyatulloh Ali Xomanaiyning o‘g‘li. So‘nggi o‘n yil davomida u ochiqchasiga “voris” sifatida tilga olib kelingan.

 

Ko‘plab eronlik siyosatchilardan farqli ravishda, Mujatbo ommaviy chiqishlardan chetda bo‘lib, faoliyatini soyada olib borgan. U Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi va maxsus xizmatlar tizimida tajriba orttirgan. 2000-yillar o‘rtalaridan boshlab u “kuch bloki”ni nazorat qilgani, armiya, dengiz va havo kuchlari ustidan otasiga ko‘mak bergani aytiladi. Mujtabo inqilobni proksi kuchlar orqali eksport qilish strategiyasining muallifi sifatida ko‘riladi.

 

Tahlilchilarning fikricha, Eronda rahbar almashishi siyosiy yo‘nalish o‘zgarishini anglatmaydi, balki uslub o‘zgarishini bildiradi. Mujtabo “gibrid urush” tarafdori va G‘arb bilan keskin qarama-qarshilikni yoqlaydi. Uning davrida yadro dasturi bo‘yicha muzokaralar to‘xtab qolishi yoki yanada qattiq shartlar bilan davom etishi mumkin.

 

Mujtaboning lavozimga ko‘tarilishi inqilobiy islom tizimi sifatida tashkil etilgan Islom Respublikasining sulolaviy boshqaruv tomon rivojlanayotgani haqidagi tanqidlarni kuchaytirishi mumkin.

custom img

AQShda favqulodda holat e’lon qilindi

Mamlakat elektr tarmog‘ida xorijiy uskunalardan foydalanishga cheklovlar joriy etiladi.

custom img

Xomanaiy hujumda og‘ir yaralangan, ammo tirik — Tramp

AQSh prezidenti Xomanaiy tanasining chap qismi, jumladan, qo‘li va oyog‘idan og‘ir jarohatlangani aytdi.

custom img

Nepalda suv toshqinlari qurbonlari soni 157 kishiga yetdi

41 kishi jarohatlangan, 3,3 mingdan ortiq qutqaruvchi hududda ish olib bormoqda.

custom img

Qozog‘istonda 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarga cheklov kiritilishi mumkin

Toqayev 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarning ijtimoiy tarmoqlarda ro‘yxatdan o‘tishini taqiqlash masalasini ko‘rib chiqishni taklif qildi.

custom img

“Uyda yolg‘iz” filmi aktyori Tim Karri 80 yoshida vafot etdi

Uning o‘limi sababi hozircha ochiqlanmagan.

custom img

Nepalda kuchli suv toshqini bo‘ldi: qurbonlar soni 95 nafarga yetdi

Bxote Koshi daryosida yuzaga kelgan toshqin oqibatida 63 kishi jarohatlandi, yuzlab odamlar bedarak yo‘qolgan.

custom img

Vladimir Zelenskiy Ilon Maskni “Ozodlik” ordeni bilan taqdirladi

Mukofot unga inson hayoti va erkinligini himoya qilish hamda Ukraina va AQSh o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirishdagi xizmatlari uchun berildi.

custom img

Eron BMT Xavfsizlik kengashidan AQSHning bir tomonlama choralarini qoralashni so‘radi

Tehron Vashingtonning iqtisodiy va harbiy bosimini xalqaro huquqqa zid deb baholab, bu choralar xalqaro miqyosda xavfli pretsedent yaratishi mumkinligidan ogohlantirgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"