O'zbekiston

Yaqin Sharqdan 5 mingdan ortiq o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

Bugungi kun holatiga ko‘ra, 21 ta parvoz orqali Madina va Jidda aeroportlaridan 4 948 nafar, Dubaydan esa 235 nafar yo‘lovchi O‘zbekistonga olib kelingan.

Yaqin Sharqdan 5 mingdan ortiq o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

Yaqin Sharq mintaqasida keskinlik kuchaygani ortidan besh mingdan ortiq O‘zbekiston fuqarosi qaytarildi. Bu haqda Transport vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

 

Mintaqada davom etayotgan harbiy nizo sababli Bahrayn, Quvayt, Suriya, Iroq, Eron, Qatar, Isroil, Iordaniya, BAA va Livan havo hududlari parvozlar uchun turli muddatlarga yopiq bo‘lib qolmoqda.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, 28-fevraldan boshlab O‘zbekiston shaharlaridan Dubay, Sharja, Madina, Doxa, Jidda, Tel-Aviv, Tehron va Quvayt yo‘nalishlaridagi barcha aviaqatnovlar bekor qilindi. Natijada 28-fevraldan 2-martga qadar Quvayt, Isroil, Saudiya Arabistoni, Qatar va BAAdan jami 1 681 nafar O‘zbekiston fuqarosi o‘z vataniga ucholmagan.

 

Prezident Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘i bilan Transport vazirligi rezident va xorijiy aviakompaniyalar bilan aniq rejalarni ishlab chiqdi. Ishlarni muvofiqlashtirish maqsadida “O‘zaviatsiya” agentligida 24/7 ishlaydigan maxsus shtab tashkil qilindi. Qator mamlakatlarning havo hududi yopiq bo‘lishi va vaziyat o‘zgarib borayotganligi, shuningdek, xorijiy aviatsiya idoralari bilan olib borilgan muzokaralar natijalari hisobga olingan holda aviakompaniyalarga parvozlarni amalga oshirishda qat’iy talablar belgilandi.

 

Hozirgi vaqtda rezident va norezident aviakompaniyalar 2026-yil 28-fevralgacha jo‘nab ketgan yo‘lovchilarni O‘zbekistonga qaytarish uchun parvozlarni amalga oshirmoqda. Bugungi kun holatiga ko‘ra, 21 ta parvoz orqali Madina va Jidda aeroportlaridan 4 948 nafar, Dubaydan esa 235 nafar yo‘lovchi O‘zbekistonga olib kelingan.

 

Transport vazirligi yo‘lovchilarga parvozlar haqida ma’lumot olishda faqat aviakompaniyalarning rasmiy vakolatxonalari va ularning veb-saytlarida ko‘rsatilgan telefon raqamlariga murojaat qilishni tavsiya qilmoqda. 

 

Shuningdek, vazirlik xabarida fuqarolar tekshirilmagan vositachilarga murojaat qilish moliyaviy va boshqa xavf-xatarlarni keltirib chiqarishi mumkinligi haqida ogohlantirilgan.

 

Yo‘lovchilarga yordam ko‘rsatish maqsadida “O‘zaviatsiya” agentligining call-markazi 24/7 ishlaydi: +998 (78) 120-00-72, +998 (71) 200-07-65.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.