O'zbekiston

Yaqin Sharqdagi voqealarda halok bo‘lganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘q — TIV

Saudiya Arabistonidan evakuatsiya davom etmoqda, BAA’dan repatriatsiya reysi rejalashtirilgan.

Yaqin Sharqdagi voqealarda halok bo‘lganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘q — TIV

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Yaqin Sharqdagi vaziyat yuzasidan ma’lumot berdi.

 

Vazirlik matbuot xizmatining xabar qilishicha, hozirgi paytga qadar Oʻzbekiston fuqarolari orasida halok bo‘lganlar yoki jarohat olganlar qayd etilmagan. Vaziyat doimiy ravishda nazorat ostida ekani ta’kidlandi.

 

Qayd etilishicha, Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga binoan, Yaqin Sharq mamlakatlarida bo‘lib turgan vatandoshlarning Vatanga qaytishini ta’minlash bo‘yicha tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

 

Vaziyatdagi o‘zgarishlar hamda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash ustuvorligi hisobga olinib, muntazam va qo‘shimcha aviareyslar tashkil etilmoqda. Bu boradagi ishlar izchil davom ettirilayotgani bildirildi.

 

Xususan, Saudiya Arabistoni hududidan fuqarolarni tizimli ravishda evakuatsiya qilish ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, Uzbekistan Airways aviakompaniyasining BAAdan repatriatsiya reysi amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

 

Bundan tashqari, charter reyslarini tashkil etish masalasi aviakompaniyalar hamda mintaqa davlatlarining aviatsiya regulyatorlari bilan muvofiqlashtirilmoqda.

 

Vazirlik ayrim hududlarda havo maydonining yopilishi hamda “havo hujumi” rejimi joriy etilgani sababli imkoniyatlar cheklanganini qayd etib, shunga qaramay fuqarolar xavfsizligini ta’minlash va ularni Vatanga qaytarish bo‘yicha ishlar tunu kun davom etayotganini ma’lum qildi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Yaqin Sharqdagi voqealarda halok bo‘lganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘q — TIV | Zamon.uz