Jahon

“Yevropa davlatlari urushga qo‘shilsa, ularga zarba beriladi” — Tehron

Yevropaliklarning Eronga qarshi har qanday harakati "urush harakati" sifatida baholanishi ma’lum qilindi.

“Yevropa davlatlari urushga qo‘shilsa, ularga zarba beriladi” — Tehron

Seshanba kuni berilgan rasmiy bayonotda Tehron Yevropa davlatlarini Eronga qarshi urushga qo‘shilmaslikka chaqirdi. 

 

Bu bayonot ayrim Yevropa davlatlari Eronning raketa imkoniyatlarini hisobga olgan holda o‘zini himoya qilish choralarini ko‘rishi mumkinligini aytganidan keyin yangradi.

 

Bayonotda ta’kidlanishicha, bunday qadam to‘g‘ridan to‘g‘ri tahdid sifatida qabul qilinadi va Eronning javob zarbalari Yevropa davlatlari hamda shaharlariga qaratilgan holda kengaytiriladi.

 

"Yevropaning himoyalanishi urush harakati bo‘ladi. Eronga qarshi bunday har qanday harakat tajovuzkorlar bilan sheriklik sifatida baholanadi. Bu Eronga qarshi urush harakati deb hisoblanadi. Ular Eronni tajovuzkorlarga qarshi javob qaytarish imkoniyati va salohiyatidan mahrum qilmoqchimi? Agar Yevropa tajovuzkorlar tomonida tursa, bu sharmandalik bo‘ladi. Ular allaqachon Eronga qarshi yetarlicha harakat qildi”, — dedi Bag‘oyi davlat axborot agentliklari bilan o‘tkazilgan matbuot anjumanida.

 

Bu ogohlantirish Yevropa davlatlari o‘z mudofaa salohiyatini kuchaytirishga intilayotgan bir paytda berildi. Chunki Eron bilan bog‘liq mojaro Yaqin Sharqdan tashqariga chiqib, Yevropa xavfsizligiga tahdid solishi mumkinligi yuzasidan xavotirlar kuchaymoqda.

 

Dushanba kuni Eronda ishlab chiqarilgan hujumchi dronlar  Kiprda joylashgan Britaniya harbiy-havo kuchlarining Akrotiri bazasiga zarba berdi. Kipr Yevropa Ittifoqi a’zosi hisoblanadi. Rasmiylar ushbu dronlar “Hizbulloh” tomonidan Livandan uchirilgan bo‘lishi mumkinligini aytmoqda.

 

Hujumdan so‘ng Buyuk Britaniya bazaning mudofaasini kuchaytirdi. Britaniya OAVlariga ko‘ra, bosh vazir Kir Starmer ehtimoliy yangi hujumlardan himoyani kuchaytirish maqsadida harbiy kemani yuborish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Shu bilan birga, Gretsiya va Fransiya Kiprga harbiy fregatlar yubordi, Afina esa F-16 qiruvchi samolyotlarini ham taqdim etdi.

 

NATO bosh kotibi Mark Ryutte seshanba kuni alyans Yaqin Sharqdagi voqealarda bevosita ishtirok etmayotganini ta’kidladi. Biroq u zarurat tug‘ilsa, NATO hududining “har bir qarichini” himoya qilishini bildirdi. Ryutte Shimoliy Makedoniyaga tashrifi chog‘ida Eronni keng mintaqaviy tahdid, Isroil uchun “ekzistensial tahdid”, shuningdek Yevropa uchun ham “ulkan xavf” deb atadi.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.