O'zbekiston

Yovvoyi tabiat ortidagi mehr: Toshkentda minglab yoshlar ekologiya uchun birlashdi

Butunjahon yovvoyi tabiat kuni munosabati bilan Toshkent hayvonot bog‘ida ekologik tadbir bo‘lib o‘tdi.

Yovvoyi tabiat ortidagi mehr: Toshkentda minglab yoshlar ekologiya uchun birlashdi

3-mart kuni mamlakat bo‘ylab “Butunjahon yovvoyi tabiat kuni” keng nishonlandi.

 

Sana munosabati bilan Toshkent hayvonot bog‘ida yovvoyi flora va fauna vakillarini asrashga qaratilgan yirik ekologik tadbir tashkil etildi. Tadbir Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi, Global ekologik fond, BMT Taraqqiyot dasturi, Yoshlar ishlari agentligi, Volontyorlar assotsiatsiyasi hamda Toshkent hayvonot bog‘i hamkorligida o‘tkazildi.

 

Unda poytaxtdan 100 nafardan ortiq yosh ekofaollar, respublika bo‘yicha esa qariyb 2000 nafar yoshlar ishtirok etdi. Tadbirning asosiy qismi sifatida yoshlar o‘rtasida “Eko-kvest” intellektual o‘yini tashkil etildi. Unda Toshkent shahrining turli tumanlaridan tuzilgan jamoalar ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish hamda yovvoyi tabiatni asrashga oid savol va topshiriqlarni bajardi.

 

Yakuniy natijalarga ko‘ra, 1-o‘rin Mirobod, Yakkasaroy va Olmazor tumanlari jamoalariga nasib etdi. 2-o‘rinni Bektemir hamda Yangihayot tumanlari egalladi. 3-o‘rin esa Mirzo Ulug‘bek va Uchtepa tumanlari jamoalariga berildi.

 

Shuningdek, nominatsiyalar bo‘yicha ham g‘oliblar aniqlandi. Yunusobod tumani “Intellektual jamoa”, Chilonzor tumani “Yashil qahramonlar”, Shayxontohur tumani “Ekologik topqirlar”, Sergeli tumani esa “Eng kreativ jamoa” deb topildi.

 

Tadbir davomida hayvonot bog‘idagi yovvoyi fauna vakillarini oziqlantirish va parvarishlashga qaratilgan amaliy aksiyalar ham o‘tkazildi. Shu bilan birga, “Eko-kvest” o‘yinlari Farg‘ona va Surxondaryo viloyatlaridagi hayvonot bog‘larida hamda boshqa hududlardagi xiyobonlarda ham tashkil etildi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.