Jahon

Aliyev Eronning Naxchivonga uchirilgan dron hujumini terroristik hujum deb atadi

Ozarbayjon Tehrondan tushuntirish va rasmiy uzr talab qilmoqda.

Aliyev Eronning Naxchivonga uchirilgan dron hujumini terroristik hujum deb atadi

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Naxchivon avtonom Respublikasiga qilingan dron hujumini terroristik harakat deb atadi deb xabar beradi APA.

 

Davlat rahbarining ma’lum qilishicha, dronlar Eron hududidan uchirilgan va faqat tinch aholi nishonlariga — xalqaro aeroport, terminal binosi va maktabga qaratilgan.

 

"Bu xoin hujum va terrorchilik harakati. Biz Tehrondan nafaqat tushuntirish, balki rasmiy uzr kutamiz", — dedi Aliyev va hodisada aybdorlar jazolanishini talab qildi.

 

Hodisaga javoban Boku oʻz qurolli kuchlari, chegara qo‘riqchilari va maxsus birliklarini to‘liq jangovar holatga keltirdi. Qurolli kuchlar allaqachon qarshi choralar paketini tayyorlash boʻyicha buyruq olgan.

 

Eron esa ayblovlarni qat’iyan rad etmoqda. Mamlakat ommaviy axborot vositalari va Tashqi ishlar vazirligi Eron kuchlari Ozarbayjonga zarba bermaganini va Turkiya ustidan ushlangan raketaga aloqasi yo‘qligini da’vo qilmoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, 5-mart kuni Eron dronlari Naxchivan xalqaro aeroportining terminal binosiga zarba berib, yana bir dron Shakerobod qishlog‘idagi maktab yaqinida qulagan. Hodisa natijasida ikki tinch aholi vakili jarohat olgan va ularga tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Aliyev Eronning Naxchivonga uchirilgan dron hujumini terroristik hujum deb atadi | Zamon.uz