O'zbekiston

AQSH Erondagi qizlar maktabiga berilgan zarbani tekshirmoqda

Qo‘shma Shtatlar tinch aholini nishonga olmasligi aytilmoqda.

AQSH Erondagi qizlar maktabiga berilgan zarbani tekshirmoqda

Oq uy Erondagi qizlar maktabiga qilingan hujum yuzasidan tekshiruv olib bormoqda. Bu haqda AQSH mudofaa vaziri Pet Hegsetga tayanib, CNN xabar berdi.

 

Isroil va Qo‘shma Shtatlar 28-fevral kuni Minab shahridagi qizlar maktabiga aviazarba bergan edi. Hujum oqibatida 160 dan ortiq kishi halok bo‘lgan. Qurbonlar orasida 7–12 yoshdagi qizlar ham bo‘lgan. Halok bo‘lganlarni dafn etish marosimi 3-mart kuni Eronda ommaviy tarzda o‘tkazilgan.

 

“Men hozir ayta oladigan yagona narsa shuki, biz bu hodisani tekshiryapmiz. Biz hech qachon tinch aholini nishonga olmaymiz, biroq voqea yuzasidan tekshiruv olib borilmoqda”, — dedi Hegset.

 

Shuningdek, BMT inson huquqlari bo‘yicha idorasi 3-mart kuni Erondagi qizlar maktabiga qilingan hujum yuzasidan mustaqil tergov o‘tkazishga chaqirdi. Biroq tashkilot hujum uchun kim javobgar ekanini ochiqlamadi.

 

Avvalroq 2-mart kuni AQSH davlat kotibi Marko Rubio AQSH harbiylari maktabni ataylab nishonga olmaganini bildirgan edi. Shu bilan birga, Isroil avval ham G‘azo sektoridagi urush davomida tinch aholiga qilingan ayrim zarbalarni dastlab rad etib, keyinchalik ularni “tasodifiy hodisa” deb izohlab kelgan.

 

AQSH va Isroilning Eronga qarshi harbiy amaliyoti hamda Eron oliy rahbari Ali Xomanaiyning o‘ldirilishi ortidan boshlangan mojaro davomida 900 dan ortiq kishi halok bo‘lgani aytilmoqda. Eron esa bunga javoban mintaqadagi AQSH harbiy bazalari va obyektlariga zarbalar bermoqda.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.