Jahon

Eron atrofidagi harbiy zarbalar xalqaro huquqqa zid — BMT

BMTning mustaqil faktlarni aniqlash missiyasi AQSh va Isroilning Eronga qarshi zarbalari hamda Tehronning javob hujumlarini qoraladi.

Eron atrofidagi harbiy zarbalar xalqaro huquqqa zid — BMT

BMTning mustaqil xalqaro faktlarni aniqlash missiyasi AQSh va Isroil tomonidan Eronga qarshi amalga oshirilgan harbiy harakatlarni, shuningdek, Tehronning mintaqa davlatlariga qaratilgan javob zarbalarini qoraladi. Tegishli bayonot 4-mart kuni e’lon qilingan.

 

Missiya mutaxassislarining ta’kidlashicha, kuch ishlatish holatlari xalqaro huquq tamoyillariga, xususan, BMT Nizomiga zid bo‘lib, mamlakatdagi gumanitar vaziyatning yanada og‘irlashishiga olib kelishi mumkin.

 

Bayonotda qayd etilishicha, Eron aholisi bir tomondan tashqi harbiy bosim, ikkinchi tomondan esa ichki repressiyalar o‘rtasida murakkab sharoitda qolmoqda. Mutaxassislar mamlakatda inson huquqlarining buzilishi bilan bog‘liq uzoq yillik muammolar mavjudligini ham eslatib o‘tgan.

 

Missiya ayniqsa Minab shahrida sodir bo‘lgan fojiaga oid xabarlardan chuqur xavotir bildirgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qizlar maktabiga uyushtirilgan hujum oqibatida 150 dan ortiq kishi halok bo‘lgan. Qurbonlarning aksariyatini 7–12 yoshli bolalar tashkil etgani qayd etilmoqda.

 

Shuningdek, bayonotda AQSh va Isroil tomonidan Eron rasmiylariga qarshi amalga oshirilgan havo zarbalari ham tanqid qilindi.

 

Mutaxassislar sudsiz qotilliklarni “adolatning qabul qilib bo‘lmaydigan vositasi” deb baholab, bunday amaliyot xalqaro huquq normalariga zid ekanini ta’kidladi.

 

Bundan tashqari, Eronning qo‘shni davlatlarga nisbatan amalga oshirgan javob zarbalari ham xavotir uyg‘otayotgani qayd etilgan. Missiya ma’lumotlariga ko‘ra, bunday harakatlar tinch aholining qurbon bo‘lishi hamda fuqarolik infratuzilmasining vayron bo‘lishiga olib kelmoqda.

 

Mutaxassislar, shuningdek, Eron 2025-yil 28-dekabrda boshlangan norozilik namoyishlarining keskin bostirilishi oqibatlaridan hali ham to‘liq tiklanmaganini ham ta’kidlab o‘tgan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.