Jahon

Eron Turkiya hududiga raketa uchirganini rad etdi, Anqara esa javob berishga tayyorligini e’lon qildi

Erondan uchirilgan ballistik raketa Sharqiy O‘rta yer dengizidagi NATO havo va raketaga qarshi mudofaa bo‘linmalari tomonidan to‘xtatilgan.

Eron Turkiya hududiga raketa uchirganini rad etdi, Anqara esa javob berishga tayyorligini e’lon qildi

Turkiya Prezidenti ma’muriyati Aloqa boshqarmasi rahbari Burhanettin Duranning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya hududiga raketa qoldiqlari qulaganidan so‘ng, Anqara javob berishga tayyorligini bildirdi.

 

“Hududimiz va havo makonimizni himoya qilish uchun zarur bo‘lgan barcha choralar ikkilanmasdan ko‘riladi. Mamlakatimizga nisbatan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan dushmanlarcha harakatlarga xalqaro huquq doirasida tegishli javob beriladi. Shu bilan birga, bu jarayonda NATO va ittifoqchilarimiz bilan maslahatlashuv va hamkorlik davom ettiriladi”, — deb bayonot berdi Turkiya Prezidenti ma’muriyati Aloqa boshqarmasi rahbari Burhanettin Duran.

 

Shuningdek, Duran barcha tomonlarni mintaqada keskinlikni oshirishi yoki mojaroni yanada kengroq hududlarga yoyilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlardan tiyilishga chaqirdi. 

 

Eron Qurolli Kuchlarining Bosh shtabi Turkiya hududiga raketa yo‘naltirilgani haqida tarqalgan xabarlarni rad etdi va rasman bunday zarba berilmaganini ma’lum qildi. Bosh shtab bayonotida aytilishicha, Eron armiyasi Turkiyaning suverenitetini to‘la hurmat qiladi va mamlakatga qarata hech qanday raketa uchirilmagan yoki urush harakati qilinmagan.

 

Avvalroq, Erondan uchirilgan ballistik raketa Sharqiy O‘rta yer dengizídagi NATO havo va raketaga qarshi mudofaa bo‘linmalari tomonidan to‘xtatilgani xabar qilingan edi.

 

Raketaning yo‘li Iroq va Suriya havo hududlari orqali Turkiya tomon yo‘naltirilgan edi. Hodisa natijasida yerga tushgan parchalardan ayrimlari Hatay viloyati, Do‘rtyol tumani hududiga yetib borgan. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.