Jahon

Iroq butunlay elektr energiyasidan uzildi

Basra viloyatidagi muhim Rumeyla elektr stansiyasida kutilmagan nosozlik blekautga sabab bo‘ldi.

Iroq butunlay elektr energiyasidan uzildi

4- mart kuni Iroqning barcha viloyatlarida elektr energiyasida uzilish kuzatildi. Bu haqda mamlakat Elektr energetikasi vazirligiga tayanib, Deutsche Welle xabar berdi.

 

Keyinchalik vazirlik blekaut Basra viloyatidagi Rumeyla elektr stansiyasida gaz hajmining kutilmaganda kamayishi bilan bog‘liq texnik nosozlik sabab yuzaga kelganini bildirdi. Stansiyada quvvat keskin 1900 megavattga tushib, elektr o‘chishiga sabab bo‘lgan.

 

Guvohlar tomonidan suratga olingan va ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan videolarga qaraganda, ba’zi uylar hali ham elektr bilan ta’minlangan, ammo ko‘chalar butunlay chiroqsiz qolgan.

 

Iroq agentligi INA xabar berishicha, yaqinda Eron tomonidan bir necha marta hujumlarga uchragan elektr stansiyalari va uzatish liniyalarida tiklash ishlari olib borilmoqda.

 

Ushbu voqea AQSh va Isroilning Eronga qarshi urushining beshinchi kunida sodir bo‘ldi. Ikkala davlat 28 fevral tongida Eron hududiga zarbalar berdi. 

 

Eron esa javoban Isroil va Fors ko‘rfazidagi bir necha davlatlarga zarba yo‘lladi, jumladan Iroqdagi Erbil aeroporti yaqiniga ham. Tehron esa arab davlatlari bilan urush olib bormayotganini, faqat mintaqadagi AQSh harbiy bazalarini nishonga olayotganini ta’kidlamoqda.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Iroq butunlay elektr energiyasidan uzildi | Zamon.uz